TAGOBI

TAGOBI, Anguri siyoh — xoʻraki va vinobop oʻrtapishar uzum navi. Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikistonda ekiladi. Tupi kuchli oʻsadi. Barglari oʻrtacha, besh boʻlmali, sap kertikli, beti bir oz burishgan, orka tomoni tukli. Uzum boshi oʻrtacha va yirik, konussimon, shingillari x,avol. Gʻujumi oʻrtacha va yirik, yumaloq, urugʻsiz, qora, yaltiroq, yupqa gʻubor bilan qoplangan. Poʻsti kalin. Eti sershira, xushtaʼm. Kurtagi boʻrtgandan keyin faol harorat yigʻindisi 2800° boʻlganda 135—140 kunda pishadi. Tarkibida 21—22% kand, 5,2% kislota bor. Novdalari yaxshi pishadi. Hosiddorligi 150—160 s/ga. Sovuqqa chidamli. Yangiligida isteʼmol qilinadi, turli vinolar, sharbatlar, mayiz tayyorlanadi.


Lotin alifbosida maqola: TAGOBI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOIFI
ASKARIY
TAVKVERI
SULTONIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты