TAGUI

TAGUI — oʻrtapishar xoʻraki, mayizbop uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik i. t. intida Kattaqoʻryun va Pushti kishmish navlarini chatishtirib chikarilgan (R. A. Yergesyan). Tupi kuchli oʻsadi. Barglari oʻrtacha, besh boʻlmali, orqa tomoni silliq. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha, konussimon. Gʻujumi oʻrtacha va yirik, choʻziq, koʻkishsariq, yupqa gʻubor bilan qoplangan. Poʻsti yupqa, eti goʻshtdor, sersuv. Kurtagi boʻrtgandan keyin faol harorat yigʻindisi 3220° boʻlganda 140— 150 kunda pishadi. Novdalari yaxshi yetiladi. Hosildorligi 120—150 s/ga. Kasalliklar va zararkunandalarga chidami oʻrtacha. Uzumi yangiligida isteʼmol qilinadi, yuqori sifatli mayiz tayyorlanadi.


Lotin alifbosida maqola: TAGUI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SIRANUSH
TARONI
RIZAMAT
UZUMCHILIK
ARMANISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты