TAKA, teke — turkman kabilalaridan biri. Takalar 17—18-a. larning 1yarmida Bolxon togʻi vodiysida, Xorazmda va Amudaryo boʻylarida yashagan va ularning katta bir qismi Tajan vohasini egallagan. Taka larning asosiy qismi 18-a. oxiri — 19-a. ning boshlarida Axaltaka va Murgob vodiylariga koʻchgan; Marvni 19-a. ning oʻrtalarida egallagan. Takalar 2 guruhga: otamish (beg, anouli va vekil nomli yirik urugʻlarga) va toʻxtamishga boʻlingan. 1897-y. da Taka lardan Murgʻob vohasida 20 ming xoʻjalik, Tajan va Qaahqada 7 ming xoʻjalik, Axaliyada 9 ming xoʻjalik boʻlgan. Takalar dehqonchilik va chorvachilik bilan shutullangan. 19-a. ning boshida Takalar boshqa turkman qabilalari bilan aralashib, turkman xalqi tarkibiga singib ketgan (q. Turkmanlar).