SURISHTIRUV

SURISHTIRUV (OʻzRda) jinoyat ishlarini tergov qilishning dastlabki davri. Surishtiruv militsiya, harbiy qismlar, milliy xavfsizlik va davlat bojxona xizmati, chegarani qoʻriklash organlari kabilar tomonidan olib boriladi. Ularning protsessual faoliyati ustidan prokuror nazorati oʻrnatilgan (JPK, 38—39moddalar). Surishtiruv jinoyatlarning oldini olish, sodir etilganiga oid dalillar tuplash, aybli shaxslarni qidirib topish va ushlash, jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy ziyonni taʼminlashga qaratilgan. Surishtiruv kechiktirib boʻlmaydigan tergov xarakatlari va tezkor qidiruv choralaridan iborat. Surishtiruv jinoyat ishi qoʻzgʻatilganidan boshlab 10 kungacha olib boriladi va ishni tergovchiga yuborish bilan tugallanadi. Surishtiruv chi ish boʻyicha tergovchining topshiriklarini bajarishi shart (JPK, 339—343moddalar).


Lotin alifbosida maqola: SURISHTIRUV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI
MILITSIYA
FRANSIYA
DASTLABKI TERGOV
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты