TALʼAT POSHO

TALʼAT POSHO, Meqmet Talʼat (1874, Turkiya — 1921.16.3, Berlin) — Yosh turklar inqilobining faol ishtirokchisi, «Ittigʻod va taraqqiy» partiyasi rahbarlaridan biri, Turkiyaning bosh vaziri (1917-y. fev. — 1918-y. okt.). 1890-y. dan ittihodchilar safida faollik koʻrsatgan. 1896-y. da Salonikiga surgun qilingan. Usmonli hurriyat jamiyatining asoschisi (1906). Bektoshiya sufiylik tariqatida ham qatnashgan. Yosh turklar inqilobidan keyin turli hukumatlarda ichki ishlar vaziri, pochta va telegraf vaziri (1913—17) lavozimlarini egallagan. Usmonli turk sultonligi parlamenti deputati. «Ittihod va taraqqiy» partiyasi MK raisi. Birinchi jahon urushi arafasi va urush paytida Talʼat Posho, Anvar Posho va Jamol Poshodan iborat triumvirat (uchlik) amalda Turkiya sultonligini boshkargan. Talʼat Posho xukumati turkchilik va islomchilik yoʻlini izchil davom ettirib, tashqi siyosatda Germaniyani qoʻllabquvvatlagan. Turkiyaning podsho Rossiyasiga karshi kurashida Turkiston xalqlari quvvatlashini umid qilgan. Turkiya va uning ittifokchisi Germaniya urushda yengilgach, Talʼat Posho oʻz safdoshlari bilan isteʼfoga chiqqan (1918.8.10). Ular Istanbulni tark etib (1918.2.11), Odessa orkali Germaniyaga ketishgan. T. P. Berlinda Dashnaksutyun aʼzosi tomonidan otib oʻldirilgan.

Ad.: Gʻaniyev G. Z., Turkiya v period pravleniya mladoturok, M., 1972; Rajabov K,., Buxoroga kizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, Talʼat posho, 2002.

Qahramon Rajabov.


Lotin alifbosida maqola: TALʼAT POSHO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TURKIYA
ITTIHOD VA TARAQQIY
JADIDCHILIK
XITOY
YoSh TURKLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты