SUTTIKAN

SUTTIKAN, choyyaproq (Lactuca tatarica (L.) S. A. Meu) — murakkabguldoshlarga mansub koʻp yillik bachki ildizli begona oʻt. Poyasi tik usadi, sershox, boʻyi 30—80 sm. Poyasi sindirilganda sutsimon shira chiqadi. Barglari ketma-ket joylashgan, ostkilari patsimon kesilgan, yuqoridagilari nashtarsimon. Gullari havorang savatcha toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi oson toʻkiladigan urugʻcha. Iyulsent. da gullab, mevalaydi. Ildizi 5 m gacha chuqurlikka kiradi, 1 m chukurlikda vegetativ novdalar paydo qiladi. Bir tupi 5ming urugʻ beradi. Urugʻidan, ildiz bachkilaridan koʻpayadi. Qurgʻoqchilikka, shoʻrga chidamli. Sugoriladigan va chopiq kilinadigan ekinlar orasida uchraydi. Tashlandiq yerlar, ariq boʻylari, bogʻ, poliz ekinlari, uzumzorlarda usadi.

Kurash choralari: yerni kuzda chuqur haydash; ekinzorlarda kultivatsiya oʻtkaziladi, gerbitsidlar purkaladi.


Lotin alifbosida maqola: SUTTIKAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BEGONA OʻTLAR
YER HAYDASH
Shaxriyor - Tashlandiq
YER
DEHQONCHILIK TIZIMI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты