TAMM Igor Yevgenyevich (1895. 26.6(8.7) , Vladivostok 1971.12.4, Moskva) — rus fizigi, ilmiy maktab asoschisi, akad. (1953), Mexnat Qahramoni (1953). Moskva untini tugatgan (1918). Shu untda (1921-41 va 1954-y. dan), SSSR FA Fizika intida (1934—71) ishlagan.
Ilmiy ishlari kvant nazariya, kattik, jism fizikasiga oid. Cherenkov — Vavilov nurlanishi nazariyasini yaratdi (1937), yadro zarralari oʻzaro taʼsirining takribiy usulini ishlab chiqdi (1945). Boshkariladigan termoyadro reaksiyasini amalga oshirishning va SSSR da vodorod bombani yaratishning nazariy asosini yaratdi (A. D. Saxarov bilan hamkorlikda, 1950). Nobel mukofoti laureati (1958).