TANGRI

TANGRI — 1) Xudo, Alloh. Tangrichilik dinida xudoning nomi. «Tangri» atamasi kup Osiyo xalklarining eng qad. mifologik fondiga kiradi. Tangri kad. shumer tilida (mil. av. 3ming yillik) tengri, tengir, dengri, dengir; oltoycha tengri, tengeri; ozarbayjoncha dengri, dengir; xakascha tigir, ter; tuvacha deer; chuvashcha tura; yakutcha tangara; mongolcha tenger; buryatcha tengeri, tengri; qalmiqcha tenger; yaponcha tenri. U qad. xunnu tilida ham mavjud boʻlgan (mil. av. 3-a. va undan ham avvalroq). Tadqiqotchilar Tangrini kengroq talqinda shumercha — tengir — «koinot», «dengiz» bilan bogʻlaydilar. Tangri haqidagi tasavvur osmon ruhi egasi gʻaqidagi animistik diniy eʼtiqodlar asosida shakllangan boʻlib, unda osmon ham bevosita oʻzining koʻrinishida, ham Tangri yashaydigan fazo sifatida tasavvur etilgan;

2) Islom dinini ommaviy ravishda qabul qilgan turkiy xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda Allohniig nomlaridan biri sifatida ishlatiladi.

Baxtiyor Karimov.


Lotin alifbosida maqola: TANGRI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
ISLOM
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
TOSHKENT
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты