TAR

TAR, Thar — Hindiston va Pokiston hududlaridagi choʻl va chala choʻlli tekislik. Hind daryosining chap sohili boʻylab, shim. dan jan. ga 850 km masofaga choʻzilgan. Mayd. 300 ming km2. Oʻrtacha bal. 100—200 m. Allyuvial, dengiz va eol qumlari bilan qoplangan, ayrim joylarda qoyalar uchraydi. Relyefida qum joʻyaklari va qum tepa koʻp; barxanlar uchraydi. Iklimi tropik, quruq iqlim. Yillik yogʻin 90—200 mm. Tez-tez changli boʻron boʻlib turadi. Pastqam joylarda shoʻrxok va taqirlar bor, maydaroq shoʻr koʻl koʻp. Oʻsimliklari siyrak, dagʻal oʻtlar va kserofit buta va daraxtlar oʻsadi. Voha koʻp. Dehqonchilik qilinadi, yaylov chorvachiligi rivojlangan. Tarning gʻarbiy qismi Hind daryosidan sugʻoriladi. Sugʻorish kanallari qurilgan.


Lotin alifbosida maqola: TAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



POKISTON
HINDISTON
OSIYO
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты