SOʻZANA

SOʻZANA (fors. — igna bilan tikilgan) — mashina yoki qoʻlda matoga kashta tikib tayyorlanadigan badiiy buyum. Ip gazlama, shoyi, baxmal kabi sidirgʻa matolarga turli choklar (bosma, yoʻrma, popop)da kashta tikiladi. Kashta zamini sifatida mato rangi Soʻzana koloritini hosil qilishda muhim rol oʻynashi bilan palaksan farq qiladi. Naqsh mujassamoti markaziy maydon (aylana gul va b.) va hoshiya (takrorlanuvchi 1—2 naqsh boʻlagi)dan tuzilgan toʻrtburchak, murabba shaklga ega boʻlib, asosan, oʻsimliksimon (baʼzan tasvirli, syujetli) naqshgullardan iborat. Naksh mujassamotining asosiy chiziklari axta yordamida matoga tushiriladi. Soʻzananing badiiyligi, nafosati chevarning mahorati, uning ijodiy didi bilan belgilanadi. Ayniqsa, zardoʻzlikdz. tayyorlanadigan Soʻzanalar jilosi, jozibasi bilan ajralib turadi. S, odatda, xonani bezatish uchun devorga osiladi (ayrim mintaqalarda kelinkuyovlarning oʻrni ustiga yopiladi).

Suzana (19-a. oxiri, Shaxrisabz). Oʻzbekiston va Tojikiston hududida Soʻzana qadimdan keng tarqalgan. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shaxrisabz va b. da oʻziga xos tarzda tayyorlangan Soʻzanalar kashtasi, naqshi, rangi jihatdan xilmaxil boʻlib, ulardan namunalar respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylarida, xususiy toʻplamlarda saqlanadi. 20-a. ning 20— 30y. larida Soʻzananing asosiy mujassamoti shakllandi (hoshiya ingichkalashdi, gullar yetakchi oʻrinni egalladi), 40y. lardan mashina kashtadoʻzligining rivojlanishi bilan Soʻzana kashtalari mashinada ham tikila boshlandi, mavzuli, tasvirli Soʻzana mujassamotlari yuzaga keldi. 20-a. oxiriga kelib Oʻzbekiston mustaqilligi (1991) dan keyin amaliy bezak sanʼatining barcha sohalarida boʻlganidek, kashtadoʻzlik (jumladan, uning Soʻzana turi) ham jadal rivojlandi, Soʻzana uchun mato va kashtalar uchun iplar tayyorlash keng yoʻlga qoʻyildi. Bunda Buxoro (3. Aʼloberdiyeva, 3. Obloqulova va b.), Surxondaryo (A. Xolyorova va b.), Samarqand (S. Rahmatullayeva, M. Haydarova va b.), Toshkent (I. Davlatov, Z. Fayzullayeva va b.), Qashqadaryo (3. Hamidova va b.) kabi Soʻzana tayyorlash markazlarining hissasi katta. Zamonaviy mujassamotli, nafis koloritli, serjilo, rangbarang Soʻzanalar yaratilmoqda, ular xalqaro koʻrgazmalar (AQSH, Fransiya, Italiya va b.)da namoyish etiladi, muzey va xususiy toʻplamlarda saqlanadi.

Soʻzana mujassamotlarini yaratishda rassomlar amaliy sanʼat ustalari bilan hamkorlik qilmoqda.


Lotin alifbosida maqola: SOʻZANA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMALIY SANʼAT
TOJIKISTON
KIYIM
XITOY
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты