TASQULOV

TASQULOV Qanilboy (1922.15.8, Boʻstonliq tumani, Oqsoqota qishlogʻi 1989.16.7) — 2jahon urushi qatnashchisi. 1942-y. dan frontda. Belorussiya fronti, 65armiyaning 69oʻqchi diviziyasi, 120oʻqchi polki razvedkachisi. Tasqulov 1943-y. 15 okt. da desant guruhi tarkibida birinchilardan boʻlib Dneprni kechib oʻtgan va guruhga plasdarmda mustahkam oʻrnashib olishlariga yordam bergan. 1943-y. 30 okt. da Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan. Urushdan keyin yurtiga qaytib, jamoa xoʻjaligida birigada boshligʻi boʻlib ishlagan. «TATA» («Tata Sons Pvt») — Hindistondagi yirik milliy monopolist guruh. Bombeylik savdogar Jamshid Tataning savdo firmasi asosida yuzaga kelgan. 1877-y. da firma mamlakatda birinchi sanoat korxonasi — Nagpur toʻqimachilik fkasini va 1907-y. da mamlakatda birinchi metallurgiya zdini qurdi. 2jahon urushi boshlarida guruhga Hindiston markaziy banki, sugʻurta va transport kompaniyalari, toʻqimachilik, galanteriya va sement korxonalari, gidroelektr styalari kirdi. Hindiston milliy mustaqillikka erishgach (1947) hamda dengiz va aviatsiyada yuk tashish, sugʻurta ishi va tijorat banklari milliylashtirilgach, «Tasqulov» faoliyati, asosan, sanoatda davom etdi. 20-a. ning 70y. larida «Tasqulov» qudratli konsernga aylandi, oʻz mablagʻini qora metallurgiya (aktivining 30% ortigʻi), mashinasozlik va avtomobilsozlik (15% dan ortiq), energetika (10%), kimyo (5% dan optik,) va b. sohalarda faoliyat koʻrsatdi. «Tasqulov» asosan xususiy eksportchilardan biri hisoblanadi. Guruhni «Tata sanz prayvit» kompaniyasi boshqaradi. 70y. larning boshida guruhga kirgan kompaniyalarning umumiy aktivi 8,5 mlrd. rupiyani, ishchilari soni 140 ming kishini tashkil etdi. 20-a. ning 80y. larida Oʻzbekistonda qurilish ishlarida ishtirok etdi va Toshkent sh. da mehmonxona majmuini qurdi.


Lotin alifbosida maqola: TASQULOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
HINDISTON
BELORUSSIYA
FRANSIYA
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты