SANDER Fridrix Arturovich

SANDER Fridrix Arturovich (1887.11.78, Riga – 1933.28.3, Kislovodsk) — olim va ixtirochi, raketa texnikasi yaratuvchilaridan biri. Riga politexnika intini tugatgach (1914), Riga va Moskvadagi sanoat korxonalarida ishlagan (1920-y. gacha). Reaktiv harakat muammolari bilan 1908-y. dan shugʻullana boshlagan. 1921-y. da sayyoralararo kema-aeroplan loyihasini eʼlon kilgan, 1924-y. da samolyot va raketani oʻz ichiga olgan kosmik uchish apparata (KUA) ni yaratgan; parvoz paytida qoʻshimcha yonilgʻi sifatida KUAning ish bajarib boʻlgan qismlarini yokish gʻoyasini ilgari surgan. 1930—31 y. da tortish kuchi 1,42 N ga teng boʻlgan, siqilgan havo va benzindan iborat yonilgida ishlaydigan OR-1 reaktiv dvigatelini, 1931—32 y. larda suyuq yonilgʻida ishlaydigan OR-2 raketa dvigateli oʻrnatilgan dvigatel kurilmasini yasadi va sinab koʻrdi. Sander «10 dvigateli» va «GIRD-X» raketasi loyihasini ishlab chikdi. Oyning teskari tomonidagi krater S. nomi bilan atalgan.


Lotin alifbosida maqola: SANDER Fridrix Arturovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVIATSIYA
KOSMONAVTIKA
Tushda uchsa nimani bildirishi haqida.
AVIATSIYA DVIGATELI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты