SELESTIN

SELESTIN (lot. caelestis — zangori osmon) sulfatlar sinfiga mansub mineral. Stronsiy, sulfat kislota birikmasidan tarkib topgan. Kimyoviy tarkibi SrSO4; Sa va Va aralashgan boʻladi. Romb singoniyada kristallanadi. Kristallari ustunsimon, disksimon, piramidaga oʻxshash. Donador, tolasimon, plastinkasimon, tuproqsimon agregatlar hosil qiladi. Havo rang yoki havo rangkulrang, baʼzan qizgʻish yoki sargʻish xillari mavjud. Shishadek yaltiroq. Moʻrt. Qattiqligi 3—3,5, zichligi 4 g/ sm3 chamasida. Aso-siy konlari ohaktosh, dolomit, gipslar bilan bogʻliq. Xemogenbiogen choʻkindi jinslarda xol-xol koʻrinishida yoki gʻovaklarni toʻldiruvchi sifatida uchraydi. Sinonimlari: apotom, shyutsit. Stronsiy va uning turli birikmalari pirotexnikada, maxsus qotishmalar i. ch. da, rangli televizor, lazer elektronika va b. da qoʻllaniladi. Selestindan stronsiy olinadi. Oʻrta Osiyo, RF (Volga boʻyi, Ural), Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH, Italiya va b. joylarda konlari mavjud. S. Oʻzbekistonda keng tarqalgan. Fargʻona vodiysi, Oʻzbekistan gʻarbi va jan. da boʻr va paleogen davrlari yotqiziqlarida uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: SELESTIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
ITALIYA
MINERAL
YER
LAZER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты