TAXTI SANGIN

TAXTI SANGIN — Tojikistonning Qubodiyon tumanidagi qad. shahar xarobasi (mil. av. 3-a. — mil. 3-a.). Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida, Vaxsh va Panj daryolari qoʻshilgan yerda, tor vodiyda joylashgan. Bu vodiy gʻarbdan TaxtiQubod togʻi, sharkdan Vaxsh daryosi bilan chegaralangan, 2 qator tosh devor (oraliq masofa — 2 km) bilan muxrfazalangan. Devor oraligʻida turli inshootlar qurilgan. Markazda qalʼahisor (275 — 165 m.), atrofi tosh devor bilan oʻralgan. Devor qalinligi 2 m, bal. 8 m, minoralari boʻlgan, atrofiga xandaq qazilgan. Oke daryosi maʼbudiga atalgan yirik ibodatxona majmuasi (51×51 m) ochilgan. U 4 ustunli zal (mehmonxona) dan (12×12 m) iborat boʻlib, atrofi 2 qatorli yoʻlak bilan oʻralgan. Ibodatxona devorining qalinligi 3 m, yirik xom gʻishtdan (50^50×14 sm) qurilgan. T. Sdan ellin madaniyatiga mansub koʻplab haykaltaroshlik namunalari, fil suyagidan yasalgan buyumlar, xanjar—akinaklar, qimmatbaho gʻiloflar, yuzlab YunonBaqtriya, Kushon, parfyan va hind tangalari, 3000 ga yaqin temir va 50 jez paykon topilgan.


Lotin alifbosida maqola: TAXTI SANGIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
HINDISTON
KUSHON PODSHOLIGI
YUNONISTON
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты