SIKLOIDA

SIKLOIDA (yun. kykloeides — doira-simon) — tekislikda bir toʻgʻri chiziq boʻylab sirpanmay gʻildirovchi aylanadagi nuqta chizadigan yassi egri chiziq. Aynala Sikloidaning yasovchisi deb ataladi. Nuqga aylananing oʻzida yotsa, od-diy Sikloida, aylana ichida yotsa, qisqartirilgan Sikloida, aylana tashqarisida yotsa, uzaytirilgan Sikloida hosil boʻladi. Mas, qordan yasalgan tepalik sirt S. shaklida boʻlsa, undan tez sirpanib tushiladi. Sikloida sirtida tebranib harakatlanayotgan ogʻir sharchaning tebranish davri uning amplitudasiga bogʻliq boʻlmaydi. Bu xossadan foydalanib X. Gyuygens mayatnikli soat yasagan. Sikloidaga doyr dastlabki tadqiqotlarni 16-a. da G. Galiley olib borgan. Keyinchalik R. Dekart, B. Paskal ham S. bilan shugʻullanishgan. Sikloida texnika va mexanizmlar nazariyasida qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: SIKLOIDA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
TOSHKENT
FIZIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты