TEATRSHUNOSLIK

TEATRSHUNOSLIK — teatr tarixi va nazariyasini oʻrganuvchi fan. Mustaqil ilmiy yunalish sifatida teatr sanʼatining umumiy taraqqiyoti bilan bogʻliq holda 20-a. da shakllangan. Teatrshunoslik dastlab, asosan drama teatrlari faoliyati bilan bogʻlangan bulsa, keyinchalik opera va balet, operetta, musiqali drama, bolalar teatri, qoʻgʻirchoq teatri, teatr taʼlimi, sahna nutqi, dekoratsiya sanʼati, teatr libosi va pardozi, sahna harakati, havaskorlik teatri sohalari va yoʻnalishlarini uz ichiga oladi.

Teatrshunoslik kurtaklari Sharq va Gʻarb mamlakatlarida teatr sanʼatini shakllanishi va taraqqiyoti bilan bogʻliq holda turli davrlarda, kup hollarda tarix, falsafa, adabiyotshunoslik fanlari ichida vujudga kelib, mukammalashib borgan. Teatr amaliyotini nazariy jihatdan umumlashtirish Yunoniston, Rim, Hindiston, Xitoyda paydo bulgan. Aristotelning «Poetika»si sanʼat, jumladan, drama va teatr nazariyasi buyicha birinchi tajribadir. Gʻarbiy Yevropada dramaturgiya va teatr sanʼatini tadqiq etish Uygʻonish davrida antik davrda yaratilgan qoʻlyozmalarni oʻrganishdan boshlangan. Angliyada 16-a. da gumanistlar teatr sanʼatining axloqiy tarbiyadagi Urni, estetik ahamiyatini yoklab bir qator ilmiy asarlar yozishgan. Alohida yoʻnalish sifatida drama nazariyasi rivojlanadi. 18-a. teatr tanqidchiligi ham rivojlana boshlaydi. 19-a. ning 2yarmida Angliyada Teatrshunoslikning ilmiy uslub va tamoyillari qaror topadi. Germaniyada Teatrshunoslikning ilmiy poydevori 18-a. da qoʻyildi: I. K. Gotshed tadqiqotlaridan boshlandi. 18-a. oxiri va 19-a. boshida Gyote va Shiller T. taraqqiyotiga muhim hissa qoʻshdi. 19-a. ning 2yarmida koʻplab Teatrshunoslik ishlari, memuarlar, bibliografik manbalar nashr qilindi. 90y. lardan Bonn va Leypsig untlarida maxsus Teatrshunoslik kurelari uqitilib, Kyoln va Kilda Teatrshunoslik ilmiy tadqiqot intlari ish boshladi. 1902-y. Berlinda teatr tarixini oʻrganish jamiyati tuziladi. Fransiyada Teatrshunoslik yozuvchi va faylasuf D. Didro asarlarida (18-a.) yorqin kurindi. 19-a. ning 2yarmi, 20-a. boshlarida teatr tarixi, dramaturgiya va aktyorlik sanʼati buyicha fundamental tadkikrtlar yaratildi. 1933-y. da Fransiyada teatr tarixi jamiyati tuzildi. Rossiyada 19-a. da P. I. Sumarokov, A. Pushkin, N. Gogol, V. Belinskiy va b. T. rivojiga katta hissa qoʻshdilar. 1939-y. Peterburgda Teatr, musiqa va kinematografiya inti ish boshlaydi. 20-a. ning 60—80y. larida mazkur dargoxlarda bir qator oʻzbek teatrshunoslari nomzodlik va drlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan. Sobiq ittifoq doirasida boshqa milliy teatrlar qatorida oʻzbek teatri boʻyicha ham monografiya va maqolalar eʼlon qilingan. Bu oʻrinda O. Olidor (Kaydalova), M. Grigoryev kabilarning xizmatlari alohida.

Oʻzbekistonda Teatrshunoslik mustaqil fan sifatida 20-a. ning 50y. larida shakllandi. Bunda hoz. Sanʼat intining oʻrni katta. Int malakali teatrshunos kadrlarni tayyorlab yetishtira boshlashi bilan etnografiya, adabiyotshunoslik doirasida tetapoya qila boshlagan ilmiy yoʻnalish professional yulga chiqib oldi. Biroq Teatrshunoslikning dastlabki koʻrinishlari Furqat, M. Behbudiy va b. ning maʼrifatchilik yoʻnalishidagi maqolalarida yevropa shaklidagi yangi teatr yaratish harakati bilan bogʻliq holda paydo boʻlgan. 1914-y. Toshkent, Samarkand va b. shaharlarda teatr jamoalari tarkib topib, xalq madaniy hayotidan oʻrin ola boshlashi bilan, teatr tanqidchiligi ham paydo boʻldi. Mirmulla, Mirmuhsin Shermuhamedov, Fitrat, Gʻ. Yunus, S. Husayn, Choʻlpon, S. Siddiq kabi tanqidchilar aniq spektakllarga taqriz yozish bilan cheklanmay, teatr jarayoni, tajribalarni umumlashtirishga kirishadilar. Shu tariqa Teatrshunoslikning dastlabki koʻrinishlari maydonga keladi. 20y. lardayoq Teatrshunoslikda 2yoʻnalish koʻzga tashlanadi: biri — anʼanaviy teatr tarixini oʻrganish (Gʻ. Zafariy va b.), ikkinchisi — yangi teatr tajribalarini umumlashtirish (S. Husayn, Choʻlpon va b.). 1929-y. da S. Husaynning «Oʻzbek teatri» toʻplami, 1935-y. da M. Solihovning «Oʻzbek teatri tarixi uchun materiallar» kitobi bosilib chiqdi.

40—50y. larda teatr tarixini oʻrganishga asosan 2 tashkilot — Sanʼatshunoslik i. t. inti, Teatr va rassomlik sanʼati inti qoshida tashkil topgan teatr va xoreografiya boʻlimi (1940) va teatrshunoslik kafedrasi xodimlari tomonidan olib borildi. Teatrshunoslikning keyingi taraqqiyotida shu intni bitirib chiqqan M. Rahmonov, M. Qodirov, T. Bayandiyev, F. Joʻrayev, L. Avdeyeva, T. Tursunov, V. Dyachenko, S. Tursunboyev, E. Ismoilovlar teatr tarixiga oid turli mavzularda tadkiqot ishlari olib bordilar. Bu ishga Moskva teatr sanʼati intini tugatgan X. D. Ustaboyeva, A. Ribnik, Ya. Feldman kabilar ham oʻz hissalarini qoʻshdilar. 50—80y. lar anʼanaviy va yangi oʻzbek teatri tarixi boʻyicha manbalar toʻplash va ularni tartibga solish avj oldi. «Hamza nomidagi teatr» (oʻzbek va rus tilida, 1957), M. Rahmonovning «Hamza va teatr» (oʻzbek va rus tilida, 1958), Ya. Feldmanning «Xarakter naroda i ssenicheskiye obrazoʻ» (1962), M. Qodirovning «Oʻzbek xalq ogʻzaki dramasi» (1963), mualliflar guruhi tayyorlagan «Uzbekskiy sovetskiy teatr» (1966), S. Tursunboyevning «Andijon teatri» (1970) kitoblari shular jumlasidan. T. Tursunovning dramaturgiya tarixi, T. Bayandiyevning qoraqalpoq teatri tarixi boʻyicha tadqiqotlari bosildi. Keyinchalik M. Rahmonov, M. Qodirovlarning monografiyalari tufayli Oʻzbekiston hududida oʻtmishda anʼanaviy teatr uzluksiz faoliyat koʻrsatib kelganligi isbot qilindi. Teatrshunoslarning 2-boʻgʻini T. Izlomov, E. Muxtorov, M. Toʻlaxoʻjayeva, M. Hamidova, Ye. Panova, T. Yoʻldoshev, I. Rahimjonov, N. Zohidova, N. Kim, R. Azizova, H. Ikromov, K. Umurzoqovlar aktyorlik sanʼati, rejissura, musiqali drama janri, dramaturgiya, bolalar teatri, sahna nutqi sohalarida i. t. ishlari olib bordilar. S. Kdsirova, S. Axmedov, O. Rizayev, D. Raxmatullayeva, Sh. Rizayev, N. Qurbonboyeva, O. Tojiboyeva, B. Shodiyevlardan iborat teatrshunoslarning 3boʻgʻini ham Teatrshunoslik fani metodologiyasi va yutuklariga tayangan hodda teatr sanʼatining turli yoʻnalishlarida i. t. ishlari olib bormoqdalar. Teatrshunoslik fani ichida raqsshunoslik va sirkshunoslik tarkib topdi. Dastlab rake sanʼatini Gʻ. Zafariy bilan etnograf Iraida Vaxta oʻrganishga harakat qildilar. Musiqashunos Ye. Romanovskaya xamkorligida Fargʻona mumtoz raqsi «Katta oʻyin» yozib olindi. Lekin haqiqiy raqsshunoslikning paydo boʻlishi Lyubov Avdeyeva nomi bilan bogʻliq. Uning «Tamara Xanum» (1956), «Mukarrama Turgunbayeva» (1958), «Oʻzbekiston rake sanʼati» (rus va oʻzbek tilida, 1963, 1966), «Balet Uzbekistana» (1973) monografiya va ijodiy portretlari nashr etilgan. Roziya Karimova «Ferganskiy tanes» (1973), «Xorezmskiy tanes» (1975), «Buxarskiy tanes» (1977) nomli kitoblarida oʻzbek anʼanaviy rake sanʼatining asosiy yoʻnalishlariga xos raqs harakatlarini tizimli bayon etgan va shularga tayangan holda «Tansoʻ ansamblya Baxor» (1979), «Tansoʻ Ravii Atadjanovoy» (1983), «Uzbekskiye tansoʻ v postanovke Isaxara Akilova» (1987) raqs toʻplamlari yuzaga keldi.

Oʻzbek sirki tarixini oʻrganish boʻyicha Toʻlqin Obidov (1933 — 1997) ning xizmati katta. Uning «Dorbozlar qissasi» (1963), «Mastera uzbekskogo sirka» (1973), «Arena Akrama Yusupova» (1976), «Oʻzbek polvonlari» (1979) risolalari va ayniqsa, «Traditsionnoʻy sirk v Uzbekistane. Genezis i evolyutsiya» mavzuida Moskvada ximoya kilgan drlik dissertatsiyasi (1990) sirkshunoslikning tarkib topishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. 20-a. sirk tarixini oʻrganishda Poʻlat Toshkanboyevning ishlari eʼtiborlidir.

Mustaqillik davrida demokratik gʻoyalar, milliy gʻurur, Vatan tuygʻusining kuchayishi teatrshunoslarni anʼanaviy teatr tarixiga alohida eʼtibor berib, mavjud kemtiklarni tuldirishga, 20a. teatr tarixini kayta koʻrib chiqish, uni uzluksiz tarixiy jarayon sifatida qarashga daʼvat etdi. Tomosha sanʼati, bayramlar tarixini oʻrganish sezilarli darajada oʻsdi. 20-a. oʻzbek teatrini yaxlit holda tadqiq etishda M. Rahmonov, M. Krdirov, E. Muxtorov, M. Toʻlaxoʻjayeva, T. Islomov, M. Hamidova, S. Krdirova, D. Rahmatullayeva, Ye. Panova va b. ning ishlari eʼtiborli boʻldi. Ayniqsa, M. Rahmonovning 2000-y. Oʻzbek milliy akademik drama teatri tarixining 1-kitobi nashr qilinishi, M. Rahmonov, M. Toʻlaxoʻjayeva, E. Muxtorov tomonidan shu tarixning 2-kitobi nashrga tayyorlanishi Teatrshunoslikda katta vokeadir. Shuningdek, L. Avdeyevaning «Bernora Qoriyeva» (1995), «Oʻzbek milliy raqsi tarixidan» (oʻzbek va rus tillarida, 2001), L. Avdeyeva, M. Qodirov, Yu. Ismatovalarning «Tanavor raqsi jilolari» (oʻzbek va rus tillarida, 2002), R. Karimovaning «Oʻzbek raqslari» (2003) kitoblari raqsshunoslikka muxim hissa boʻlib qoʻshildi.

Teatrshunoslar bevosita mustaqillik yillarida teatr sanʼatida yuz bergan uzgarishlarni, oqim va tendensiyalarni chuqur oʻrganish, istiqbolini belgilash ishiga ham muhim hissa qoʻshmoqdalar. Sanʼatshunoslik i. t. inti tomonidan chiqarilgan «Oʻzbekiston sanʼati (1991—2001)» tadqiqotidan teatr, raqs va sirk sanʼati oʻrin olgan. Ayniqsa, 2002-y. «Uzbekteatr» tomonidan nashr etilgan «Istiqlol va milliy teatr» toʻplami muhim voqeadir.

Teatrshunoslik sohasida yuqori malakali ilmiy kadrlarni yetishtirishda Sanʼatshunoslik i. t. inti qoshidagi aspirantura va doktarantura muhim oʻrin egallab kelmoqda. Hoz. kunda (2004) respublikada Teatrshunoslik fanining turli soxalarida 9 ta fan dri, 30 ga yaqin fan nomzodi i. t. ishlari olib bormoqda.

Muhsin Qodirov.


Lotin alifbosida maqola: TEATRSHUNOSLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TARIX
XITOY
FRANSIYA
HINDISTON
TEATR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты