TEGIRMON

TEGIRMON — 1) un tegirmoni — donni yanchib unga aylantiradigan qurilma, inshoot. Ibtidoiy jamoa davridayoq paydo boʻlgan. Dastlab, dondun toshlar bilan qoʻlda yanchilgan. Keyinchalik oqar suv va shamol kuchi bilan ishlaydigan Tegirmonlar qurilgan. Oʻzbekiston hududida asosan suv tegirmonidan foydalanilgan. Suv tegirmoni doʻla, kosa, shaqildoq, tosh, gupchak, parrak, yogʻoch, xomma va b. qismlardan iborat. Novdan tushayotgan suv parrakka urilib, tegirmon toshini harakatga keltiradi. Tegirmon toshga tegib turadigan yogʻoch esa kosani tebratadi. Doʻladan tushayotgan don kosaning tebranishi natijasida tegirmontosh chuqurchasiga tushadi. Tosh aylanib donni ezadi, unga aylantirib, xommaga toʻplaydi. Xomma unga toʻlganda tegirmonchi Tegirmonni toʻxtatib, unni boʻshatib oladi. Qadimda Oʻrta Osiyoda ulov qoʻshib ishlatiladigan Tegirmon va qoʻl T. laridan ham keng foydalanilgan. Suv va shamol Tegirmon lari hozir ham ayrim joylarda saqlanib qolgan. Oʻzbekiston hududida shamol Tegirmon yoʻq.

Bugʻ mashinasi ixtiro qilinganidan soʻng Tegirmon ancha takomillashdi. 19-a. boshida bugʻ dvigatelli Tegirmonlar paydo boʻldi. Hozir asosan elektr T. lar keng ishlatiladi. Bularda asosiy jarayonlar avtomatlashtirilgan. Jarayonlar dispetcherlik punktida turib boshqariladi. Bunda un pnevmatik qurilmalar vositasida qabul qilinadi. Don navlari boʻyicha elevatorda saklanadi. Donni Tegirmonga solishdan oldin tozalash boʻlimida tozalanadi, yuvish mashinalarida tuklari ajratiladi, donga ishlov berilib, konditsiyalanadi va aloxida tayyorlangan don aralashtiriladi. Tozalangan va aralashtirilgan don un tortish boʻlimida unga aylanadi, tayyor un joʻnatish boʻlimida mashina bilan qoplarga solinadi va tortiladi. Isteʼmolchilarga un maxsus mashinalarda yetkazib beriladi. Un kombinatlaridagi ishlab chiqarish. jarayonlarida 30 ga yaqin mashina va jihozlar qatnashadi;

2) turli qattiq materiallar (tosh, marmar, ruda va b.) ni maydalash uchun moʻljallangan mashina, qurilma. Materiallarni juda mayda (5 mm dan kichik) zarrachalarga aylantirishi bilan maydalagichdan farq qiladi. Ish organining shakli, turi va tezligiga qarab besh guruhga boʻlinadi: barabanli (sekin ishlaydigan sharli, sterjenli va b.), rolikli (valikli, yugurdakli, halqali, friksionsharli, oʻrtacha tezlikda ishlaydigan), bolgʻali (tez ishlaydigan), tebranuvchi korpusli titrama (tez ishlaydigan), oqimli (tez ishlaydigan), barmokli va b. Barabanli Tegirmon foydali qazilmalarni boyitishda, sement ishlab chiqarish. da, kumirni kukunlashda, kimyo va metallurgiya sanoatida keng ishlatiladi. Bunda silindrik yoki silindrikkonus baraban aylanganda maydalaydigan jismlar (choʻyan yoki poʻlat sharlar, silindrchalar, dumalok, sterjenlar va b.) erkin harakatlanib, markazdan qochma kuch taʼsirida materialni zarb bilan urib, ezib va sidirib maydalaydi. Rolikli Tegirmon yumshoq va oʻrtacha kattikligidagi materiallar (kumir, sement, xom ashyosi, fosforit, grafit, talk va b.)ni kurukdayin maydalashda ishlatiladi. Uning ishi ezib maydalashga asoslangan. U germetik korpus va unda gorizontal aylanuvchi maydalaydigan halqadan iborat; halqaga ikkita rolik prujina bilan siqiladi. Material maydalaydigan halqaga keladi va aylanish davomida roliklar materialni ezib maydalaydi. Boltali Tegirmon yumshoq kumir, slanes, torfdan changsimon yokilgʻilar tayyorlashda ishlatiladi. Tegirmon kojuxida bolgʻalari sharnirli yoki bikr maxkamlangan rotor aylanadi. Material rotorga uzatilib, bolganing zarbi bilan maydalanadi. Tegirmonga uzatilayotgan issiq havo materialni maydalanish vaktida quritadi. Tayyor material havo oqimida oʻchoqqa uzatiladi.

Titrama (vibratsion) Tegirmon oʻrtacha qattiqlikdagi materiallarni 2 mm dan 0,06 mm gacha va undan ham mayda qilib maydalashda ishlatiladi. Mexanik vibrator (aylanuvchi muvozanatlashmagan yuk — debalans) taʼsirida baraban kichik radiusda tez (minutiga 3000-martagacha) doiraviy tebranadi. Barabanga yuklangan material sharlarga tez-tez urilishi natijasida maydalanadi. O qimli Tegirmon materiallarni juda mayda zarracha (0,001—0,05 mm) tarzida tuyish uchun ishlatiladi. Bunda maydalanadigan material bir oʻkda qaramaqarshi joylashgan ejektorlarga uzatiladi va ulardan chiqadigan siqilgan havo, oʻta qizdirilgan bugʻ yoki issiq gazlar yordamida katta tezlik (500 m/sek) bilan. maydalash kamerasiga keladi. Qaramaqarshi uchayotgan material zarralari bir-biriga urilib, madalanadi; maydalangan material kameradan klassifikatorga uzatiladi.

Materiallarni yuqori chastotali, elektr impulsli tok^bilan maydalaydigan elektrofizika usullari va b. usullar ham bor.


Lotin alifbosida maqola: TEGIRMON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
IBTIDOIY JAMIYAT
TOSHKENT
SHAMOL TEGIRMONI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты