TEZAURUS

TEZAURUS (yun. thesauros — xazina, boylik) — 1) muayyan tildagi barcha soʻzlarni qamrab oladigan, ularning matnda qoʻllanish holatlarini toʻlatoʻkis aks ettiradigan lugʻat. Jonli tilning lugʻat tarkibi doimo oʻzgarib turishi sababli Tezaurus faqat oʻlik tillar materiallari asosida yoki oldindan belgilab olingan yozma yedgorliklar uchun tuzilishi mumkin. Muayyan yozuv yodgorliklaridan leksikani yoppasiga terib olishga asoslangan lugʻatlar (mas., yunon, lotin tillariga tuzilgan lugʻatlar) shunday lugʻatlardan hisoblanadi. Turkiyshunoslikda A. K. Borovkov, E. I. Fozilov, A. Najiblarning 13—14-a. lar turkiy yozma yedgorliklari asosida tuzilgan lugʻatlari ham glossariy, ham Tezaurus belgilariga ega. Soʻz tanlash prinsipiga koʻra yozuvchilar yoki ular ijodiga mansub ayrim asar tili boʻyicha tuzilgan lugʻatlar ham Tezaurus hisoblanadi;

2) bironbir ilmfan sohasiga oid lugʻaviy birlik (soʻz) lar mavzu tartibida joylashtirilgan va ana shu birliklar oʻrtasidagi semantik (turjins, sinonimik va b.) munosabatlar aks ettirilgan ideografik lugʻat. Bunda soʻzlar alifbo tartibida emas, balki bir mavzu, bir tushunchaga aloqador soʻzlarning barchasi bir joyda beriladi: kerakli soʻzlar tushunchaga qarab qidiriladi. Nazariy jihatdan Tezaurus leksika semantik tizimining ehtimoliy modellaridan biridir. Amadda undan yozuvchi individual lugʻatini boyitish vositasi sifatida foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: TEZAURUS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YOZUV
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'rta Osiyoning qadimgi aholisi etnik tarkibini mahalliy yozma manbalarda aks etishi
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты