UVOLOGIYA

UVOLOGIYA (lot. uva — uzum va logiya) — vino va b. mahsulotlar i. ch. da uzum shingillari va gʻujumining tarkibiy qismlarini hamda uzumni oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyo tarzida oʻrganadigan kimyotexnologiya fani. Uvologiya uzumni yangiligida yoki quritib isteʼmol etish, saklash yoki sharbat, vino, shampan, konyak i. ch. uchun qayta ishlash jihatlaridan oʻrganadi. Uzum navlarini uvologik jihatdan tekshirishda ampelografik maʼlumotlarga tayangan holda uzumning tarkibi va xususiyatlari; kimyoviy tarkibi; pishish muddatlari; uzum va undan olingan mahsulotlarning taxlili; tokchilikni reja asosida joylashtirish; vinochilikni ixtisoslashtirish; tok oʻstirilayotgan yer sharoiti va tok parvarishi, bu omillarning uzumning mexanik xususiyati va kimyoviy tarkibiga taʼsir etishi oʻrganiladi va h. k. (yana q. Ampelografiya).


Lotin alifbosida maqola: UVOLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
YER
VINO-ARAQ SANOATI
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
AMPELOGRAFIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты