TEKTONIK XARITALAR

TEKTONIK XARITALAR — Yer poʻstining strukturasini tasvirlovchi, Yerni butunicha yoki uning asosiy rivojlanish etaplarini alohida regionlar doirasida aks ettiruvchi xaritalar. Tektonik xaritalar geofizik va b. maʼlumotlardan foydalanib, geologik xaritalar asosida tuziladi. Tektonik xaritalarni 2 asosiy toifaga: strukturaviy va xususiy Tektonik xaritalarga boʻlish qabul qilingan. Struktura xaritalari tektonik strukturalarning morfologiyasini aks ettiradi, Tektonik xaritalar esa morfologiyadan tashqari shu strukturalarning shakllanish tarixini, ularning rivojlanish bosqichlari va davrlarini ochib beradi, magmatizmning tektonika bilan bogʻliqligini koʻrsatadi. Xususiy Tektonik xaritalar orasida bir necha xil xaritalar farq qilinadi: oddiy tektonik, paleotektonik, mavzuli va ixtisoslashtirilgan (mas., seysmotektonik) xaritalar. Ushbu xaritalardan har biri obzorli (1: 2000000 va kichikroq) va regional (odatda, 1:200000 dan 1:1000000 gacha) xaritalarga boʻlinadi. Tektonik xaritalar avval kichik masshtabli tektonik sxemalardan foydalanilgan. Shunday sxemalardan dastlabkisi Fransiya va Shveysariyaning Yura togʻlari tektonik sxemalaridir (A. Gresli, 1838). 19-a. ning oxiri — 20-a. ning boshlarida E. Zyuss, F. Kosmat, M. Bertran va b. ning asarlarida shunga oʻxshash sxemalar juda keng Tapkalgan. Rossiyada 1930ylarda A. D. Arxangelskiy, N. S. Shatskiy, D. V. Nalivkin va b. kichik masshtabdagi tektonik sxemalar tuzishgan. 20-a. ning 2yarmidan boshlab umuman Yer yuzi, ayrim materiklar, mamlakatlar (Rossiya, XXR, Polsha, Chexiya, AQSH, Kanada, Avstriya, Venesuela, Meksika, Turkiya va b.)ning Tektonik xaritalar nashr etildi. Dunyo xaritasi boʻyicha Xalqaro komissiya qoshida rus olimlari boshqaruvida Tektonik xaritalar boʻyicha kichik komissiya tuzilgan boʻlib, ular tomonidan Yevropa va dunyo Tektonik xaritalar (1980) tuzidsi. Materiklar va yirik davlatlarning Tektonik xaritalar esa 1:1000000 — 1:2000000 masshtabda, ayrim regionlarning Tektonik xaritalar esa 1:250000 — 1:500000 masshtabda tuziladi. Turli masshtabdagi Tektonik xaritalarda strukturalarning morfologiyasi, rivojlanish tarixi va genezisi, tektonik rejim va uning vakt davomida oʻzgarishi mumkin qadar toʻlaroq aks ettirilishi kerak. Tektonik xaritalarda struktura shakllari bilan birgalikda choʻkindi va magmatik jinslarning formatsiyasi, metamorfizm fatsiyalari tasvirlanadi. Tektonik xaritalarda Yer poʻstining maʼlum bir uchastkasiga oid tektonik maʼlumotlar sintezi sifatida tektonik rayonlashtirish oʻz ifodasini topadi. Hozirgi Tektonik xaritalarda ajratilgan tektonik birliklarning (tabiiy tektonik rnlar uchun) asosiy belgilari burmalanish yoshi va tektonik rejimlar (evgeosinklinal, miogeosinklinal, orogen va b.)dir. Maxsus Tektonik xaritalarda ayrim tektonik elementlargina tasvirlanadi. Foydali qazilmalarning bashoratlash xaritalarini tuzish va qidiruv ishlarini rejalashtirishda Tektonik xaritalardan keng foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: TEKTONIK XARITALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TEKTONIKA
TOSHKENT
GEOGRAFIK XARITALAR
GEOLOGIK XARITALAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты