TEKTONOSFERA — Yerning tashki qobigʻi, Yer poʻsti va yuqori mantiyani oʻz ichiga oladi. Tektonosfera tektonik va magmatik jarayonlar hosil boʻladigan asosiy oblastdir. Tektonosfera oʻzidagi tof jinslarining tarkibi va fizik xususiyatlarining vertikal va gorizontal har xilligi bilan farqlanadi.