UJGOROD

UJGOROD — Ukrainaning Zakarpatye viloyatipagi shahar, viloyat markazi. Sharqiy Karpat togʻlarining etagida, Uj daryosining har ikkala sohilida. T. y. stansiyasi. Shosse yoʻllari chorrahasi. Aeroport bor. Aholisi 117,3 ming kishi (2001).

Arxeologik tekshirishlarga qaraganda Ujgorod 8—9-a. larda barpo qilingan va oʻsha davrdan Kiyev Rusi, 11a. oxiridan Vengriya qirolligi tarkibida. 18-a. boshlarida Avstriya (1867-y. dan AvstriyaVengriya) qoʻl ostida. 11-a. dan 1918-y. gacha Ungvar deb atalgan. 1938-y. noyab. dan Vengriya tarkibida. 1944-y. dan Zakarpatye Ukrainasi tarkibida USSR ga kirgan, 1946-y. dan Zakarpatye viloyati markazi. Asosiy sanoat tarmoqlari: yogʻochsozlik va mebel (faneramebel kti), mashinasozlik va priborsozlik («Ujgorodpribor», gaz apparaturasi), yengil sanoat (poyabzal, tikuvchilik f-kalari), uyroʻzgʻor kimyosi, furnitura z-dlari, oziq-ovqat (goʻsht, non ktlari; margarin z-di) sanoati. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shahar atrofida tokzorlar bor. Unt, 2 teatr, badiiy, xalq meʼmorligi va turmushi, oʻlkashunoslik muzeylari, filarmoniya mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan: kasr (11-a.), kostyol (1762—67), yepiskop saroyi (hoz. Un-t kutubxonasi, 17-a.) saqpangan.


Lotin alifbosida maqola: UJGOROD haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
UKRAINA
VENGRIYA
ROSSIYA
AVSTRIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты