TELEGRAF TARMOGʻI

TELEGRAF TARMOGʻI — oxirgi (abonent) punktlardagi telegraf qurilmalari (telegraf apparatlari), telegraf styalari hamda bu punktlar va styalarni birlashtiruvchi telegraf aloqa kanallari majmui. Telegraf tarmogʻi kanallari boʻyicha telegraf aloqa amalga oshiriladi. Telegraf tarmogʻining ichki (bir mamlakat hududida) va xalqaro (teleks); kommutatsiyalanuvchi (q. Kommutatsiya) va kommutatsiyalanmaydigan (doimiy biriktirilgan); umumiy foydalanilgan (u boʻyicha telegrammalar uzatiladi); abonent telegraflash; idoraga tegishli (mas., t. y. transporti, fukaro aviatsiyasi va b.); faksimil aloka (fototelegraf) turlari bor. T. ye. magistral tarmoqlar (mamlakatlar, oʻlkalar va viloyatlararo aloqa uzellari), hududiy yoki viloyatlararo (viloyatlar yoki tumanlar aloqa uzellari orasidagi) va mahalliy (oxirgi punktlar orasidagi) tarmoklarga boʻlinadi. Har qaysi hududda bosh (asosiy) uzel, viloyat va tuman aloka uzellari boʻladi. Telegraf tarmogʻi mamlakat yagona avtomatlashtirilgan aloqa tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: TELEGRAF TARMOGʻI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TELEGRAF ALOQA
FAKSIMIL ALOQA
ROSSIYA
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты