ULAN-UDE

ULAN-UDE (1934-y. gacha — Verxneudinsk) — RF Buryatiya Respublikasi gyuytaxti. Selenga daryosi oʻng sohilida. TransSibir t. y. magistralidagi muhim t. y. chorrahasi. Selenga daryosidagi pristan. Aholisi 359,4 ming kishi (2002). 1666-y. da kazaklarning Udinskoye qishlov joyi sifatida vujudga kelgan. 1689-y. dan Verxneudinsk qalʼasi, uning atrofida shahar shakllandi. 17-a. da Zabaykalye hududining maʼmuriy va harbiy markazi. 1783-y. dan Irkutsk noibligining, keyinchalik Irkutsk gubernyasining uyezd shahri; 1851-y. dan Zabaykalye viloyati tarkibida. Yirik savdo markazi. 1899-y. da shaxar orqali Sibir magistralining oʻtishi iqtisodiy rivojlanishga olib keldi. 1905-y. gacha surgun joyi edi. 1920-y. apr. —okt. da Uzoq Sharq Respublikasining poytaxti. 1921 —22 y. larda Uzok, Sharq Respublikasining Buryatlar muxtor viloyati markazi. 1923-y. dan BuryatMongoliya muxtor SSR (1958-y. dan Buryatiya muxtor SSR) poytaxti. 1934-y. 27-iyulda Ulan-Ude (Qizil Uda) deb ataldi. Mashinasozlik va metallsozlik (aviatsiya, priborsozlik, kemasozlik, «Teplopribor» va b. z-dlar), yengil, oziqovqat, yogʻochsozlik korxonalari, shisha z-di bor. Rosssya FA Sibir boʻlimi filiali, 4 oliy oʻquv yurti, 4 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri) faoliyat koʻrsatmoqda. Muzeylardan tarixiy, etnografiya, badiiy buryat toshi, Sharq sanʼati, tabiat va b. muzeylar mavjud. Filarmoniya bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Odigitriyev sobori (18-a.), karvonsaroy (19-a. boshlari) va b. saklangan. Aeroport bor.


Lotin alifbosida maqola: ULAN-UDE haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты