TEMIRCHAKLAR

TEMIRCHAKLAR (Tettigonioidea) toʻgʻri qanotli hasharotlar turkumi katta oilasi, 7 mingga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda 100 dan ortiq turi uchraydi. Orqa oyoqlari sakrovchi. Koʻpchiligi (asosan, erkagi)ning oldingi qanotida ovoz chiqaruvchi organi bor. Issiq va iliq iqlimli mamlakatlarda tarqalgan. Eshitish organi oldingi oyogʻining boldir qismida joylashgan. Tuxum qoʻygichi qilichsimon, uzun. T. oʻsimlikxoʻr, shuningdek, yirtqichlari ham bor. Oʻrmon chetlari, butazorlar, gʻorlar, toshlar ostida va b. joylarda yashaydi. Tuxumi qishlaydi; bahorda tuxumdan lichinka rivojlanadi. Lichinka 1—2 oy mobaynida 5—8-marta pust tashlab taraqqiy etadi. Hayot sikli bir yoki bir necha yil (dshpauza hisobiga) davom etadi. Baʼzi Temirchaklar (yashil Temirchaklar va kulrang Temirchaklar) qurgʻoqchilik yillari ekinlar (gʻalla, tokzorlar)ga ziyon keltiradi.


Lotin alifbosida maqola: TEMIRCHAKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
YER
YAPONIYA
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты