TENOCHTITLAN

TENOCHTITLAN (Tenochtitlan) asteklar davlati poytaxti (14—16-a. lar). Rivoyatlarga koʻra, Teskoko koʻlining gʻarbiy qismidagi orolda 1325-y. barpo etilgan. Shahar xarobasi mayd. 1000 ga ni tashkil etgan. Tenochtitlanni koʻplab kanallar kesib oʻtgan, shahar koʻtarma koʻpriklari boʻlgan 3 ta damba yordamida quruklik bilan bogʻlangan. Shahar 4 rn — Kuepopan, Teopan, Moyotlan va Astakalkoga, ular esa oʻz navbatida xar biri 5 kvartal (mahalla)ga boʻlingan. Tenochtitlan markazida mahobatli ibodatxonalar (bosh ibodatxonaning bal. 30 m), hukmdorlar va zodagonlar saroylari joylashgan; shahar doirasida hunarmandlarning maxsus mahallalari — Amantlan va b. mavjud boʻlgan. Meksika ispan bosqinchilari tomonidan bosib olinayotgan vaqtda Tenochtitlan butkul vayron qilingan (1521) va uning xarobalari oʻrnida Mexiko sh. ga asos solingan.

Javli Tursunov.


Lotin alifbosida maqola: TENOCHTITLAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
MEKSIKA
MAHALLA
XITOY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты