TEOSOFIYA

TEOSOFIYA (yun. theos — xudo va sophia — donishmandlik, bilim) — keng maʼnoda — eng zoʻr ilohiy sirlarni ochishga daʼvo qiluvchi har qanday diniy taʼlimot. Shaklsiz, yagona, hamma narsani qamrab oluvchi xudo haqidagi, barcha narsalarning ilohiy mohiyati haqidagi tasavvurlar Teosofiyaning nazariy asosini tashkil etadi. Gʻayritabiiy va narigi dunyodagi kuchlar bilan bevosita aloqa bogʻlash mumkinligini tan olish T. ni spiritizm va okkultizma olib boradi. Tor maʼnoda — rus yozuvchisi Ye. P. Blavatskaya (1831— 91) va uning tarafdorlarining liniy taʼlimoti boʻlib, unda buddizm va boshqa sharq taʼlimotlaridagi mistika okkultizm va noortodoksal xristianlik elementlari bilan qoʻshilib ketgan.


Lotin alifbosida maqola: TEOSOFIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
ROSSIYA
Qo'qon xonligining tugatilishi
XX asr boshida Turkiston...


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты