TERIXOʻRLAR

TERIXOʻRLAR (Dermestidae) qoʻngʻizlar oilasi. 800 ga yaqin turi maʼlum. Tanasining uz. 2—12 mm, silindrsimon yoki oval, moʻylovi kalta. Lichinkasi harakatchan, tanasi xitin qoplagʻich va uzun tuklar bilan qoplangan. Terixoʻrlar hayvon va oʻsimlikning quruq mahsulotlari (moʻyna, teri, quruq meva, gerbariy va b.), ayrim turlari gul changi bilan oziklanadi. Vetchina terixoʻri, muzey terixoʻri, moʻyna terixoʻri kabi zararkunanda turlari bor. T. ga karshi kurashish uchun omborlar dezinseksiya qilinadi.


Lotin alifbosida maqola: TERIXOʻRLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DEZINSEKSIYA
TERI
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
KIYIM
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты