UNIVERSITET

UNIVERSITET (lot. universitas — yigʻindi, majmua) — tabiiy, ijtimoiy va gumanitar yoʻnalishda yuksak malakali mutaxassislar tayyorlashga yoʻnaltirilgan kup tarmoqli oliy oʻquvilmiy muassasa. Universitet oʻz bitiruvchilarining kelajakdagi ilmiyamaliy va pedagogik faoliyatlari uchun chuqur nazariy tayyorgarlik kurishlarini taʼminlaydi. Oʻquv va i. t. ishlarining uzviy ravishda qoʻshib olib borilishi Universitet taʼlimining asosiy oʻziga xos jihatidir. Universitet musulmon Sharqidagi oliy Madrasa yoki madrasai oliya (q. Madrasa) makrmiga toʻgʻri keladi. Yaqin Sharq mamlakatlarida dorilfunun deb ataladi.

Oʻrta asrlar Yevropasida dastlab turli sherikchilik birlashmalari, savdogarlar gildiyalari, sanoattijorat sexlari va b. shirkatlar Universitet deb yuritilgan. Yevropada Universitetning yuzaga kelishi muayyan iqtisodiy taraqqiyotga erishilganligi, shaharlarning koʻpayishi, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, madaniyatning yuksalishi, shuningdek, ilmfanning taraqqiy etib, turli falsafiy oqimlarning paydo boʻlishi b-n bogʻliq. Shuning uchun ham ilk Universitetlar iqtisodiy jihatdan rivojlangan Italiya, Ispaniya, Fransiya singari Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida tashkil topdi. Dastlabki Universitetlar Italiyaning Bolonya (11-a.), Salerno (12-a. oxirlari), Fransiyaning Parij (1215), Monpelye (1289), Bukj Britaniyaning Kembrij (1209), Oksford (12-a. 2yarmi), Ispaniyaning Salamanka (1218), Portugaliyaning Lissabon (1290) sh. larida paydo boʻldi. 14-a. ga kelib Markaziy Yevropada ham bir nechta Universitetlar ochildi. I. ch. va ilmfan taraqqiyoti tufayli 1348 i. Praga, 1364-y. Krakov, 1365 i. Vena U. lari yuzaga keldi.

Oʻrta asrlardagi Universitet larda, odatda, artistlik (tayyorlov), ilohiyot, tibbiyot, huquq singari 4 ft boʻlgan. Artistlik fti hamma uchun majburiy boʻlib, unda ritsarlar . uchun zarur «yetti erkin sanʼat» oʻrgatilgan. Artistlik ftining grammatika, ritorika, dialektika asoslarini oʻrgangan talabasiga sanʼat bakalavri darajasi berilgan. Ftning falsafa, arifmetika, geom., astronomiya va musiqa nazariyasining toʻliq kursini uzlashtirgan talaba sanʼat magistri darajasiga erishgan va u kalgan 3 ftdan biriga kirib oʻqish xuquqini qoʻlga kiritgan. Dastlabki Universitet larda xuddi madrasalardagi kabi oʻqish muddati ham, talabalarning yosh chegarasi ham belgilab qoʻyilmagan. Amalda Universitetda oʻqish 12—14 y. lab davom etgan.

Chet ellardagi hozirgi Universitetlar tashkiliy tuzilishiga kura, mustaqil ft, institut, maktab va kollejlarning oʻziga xos birlashmasidan iborat. Dunyoning koʻp Universitet larida ilmiy tadqiqotchilar bilan birga oʻrta maktab oʻqituvchilari ham tayyorlanadi. Odatda, aksar zamonaviy Universitet larda tabiiyot, tibbiyot, huquq, filol., falsafa, iqtisod, muhandislik, ayrimlarida ilohiyot ftlari mavjud. Dunyoda Universitet taʼlimining Buyuk Britaniya, Fransiya va Ispaniya tizimlari keng yoyilgan. Jumladan, Buyuk Britaniyada Universitet taʼlimi har biri 2 y. davom etadigan 3 bosqichdan iborat. 1bosqich oraliq bosqich deb ataladi va unda asosan umumtaʼlim fanlar oʻrganiladi. 2bosqich mutaxassislik bosqichi deyiladi va talabaning bakalavr darajasini olishi bilan tugallanadi. 3bosqich yuqori bosqich deb nomlanadi va bitiruvchi magistr darajasiga erishadi. Fransiyada Universitet taʼlim tizimi doimiy bosqichlarga ajratilmagan. Bu yerda kaysi kasbni egallashiga qarab, talaba 4 y. dan 7 y. gacha oʻqiydi. Ispaniya Universitet taʼlim tizimi ham Fransiya Universitet taʼlim tizimiga yaqin keladi.

Turkistonda Universitet, yaʼni madrasai oliya 10-a. dayoq yuzaga kelgan boʻlsada, zamonaviy maʼnodagi dastlabki U. Toshkentda 1918-y. 21 apr. da Turkiston xalq universitetы nomi bilan ochilgan. Ammo bu Universitet rus va yevropalik aholi uchun moʻljallangan edi. Oradan 20 kun oʻtib, oʻzbek jadidlari tashabbusi bilan 1918-y. 12-mayda Munavvarqori Abdurashidxonov rahbarligida «Turkiston musulmon xalq dorilfununi» tashkil etildi (q. Oʻzbekiston milliy universitetы). Oʻzbekistonda ikkinchi Universitet 1933-y. Samarkand sh. da ochilgan (q. Samarkand universitetы). 1976-y. da Qoraqalpogʻiston universiteti tashkil etildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgunga kadar mamlakatimizda 3 U. faoliyat koʻrsatgan. 2002-y. Oʻzbekistonda 20 Universitet boʻlib, ularda 113,7 ming talaba taʼlim oldi. Respublikadagi kup Universitetlar maktab, akademiklitsey va kasbhunar kollejlari singari tuzilmalarni ham oʻz ichiga oladi. 2. U. (Oʻzbekiston milliy un-ti va Toshkent texnika un-ti) oʻz intlariga ham ega.


Lotin alifbosida maqola: UNIVERSITET haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OLIY OʻQUV YURTLARI
TOSHKENT
ISLOM
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты