TERMIK QARSHILIK

TERMIK QARSHILIK, issiqlik qarshiligi — jism (uning sirti yoki qatlami)ning molekulalarning issiqlik harakati tarqalishiga toʻsqinlik qilish xususiyati. Toʻliq, sirtki va qatlam T. q. lari farklanadi. Toʻliq Termik qarshilik — bir jism (sirt, qatlam) dan ikkinchisiga issiqlik uzatish koeffitsiyentiga teskari miqdor, sirtki Termik qarshilik — bir jism sirti bilan ikkinchi jism sirti orasida issiqlik almashinish koeffitsiyentiga teskari mikdor, qatlam Termik qarshilik gi — shu qatlam qalinligining uning issiklik oʻtkazish koeffitsiyentiga nisbatiga teng miqdor. Murakkab tizim (mas., koʻp qatlamli issiqlik izolyatsiyasi) Termik qarshilik gi uning alohidaalohida qismlari Termik qarshiliklari yigʻindisiga teng. Termik qarshilik son jihatdan issiklik oqimi birligi (1Vt/m2) ni jism sirtiga yoki modda qatlami orqali uzatish uchun zarur t-ra bosimiga teng. U m2K/Vt orqali ifodalanadi. Termik qarshilikni bilish issiqlik texnikasi, qurilishda, binolarni isitish va b. sohalarda juda muhim (q. Issiqlik almashinishi, Issiqlik oʻtkazuvchanlik, Issiqlik harakati).


Lotin alifbosida maqola: TERMIK QARSHILIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты