URDU

URDU — Pokistonning ingliz tili bilan bir qatorda rasmiy va Hindistonning Konstitutsiyada tan olingan 15 ta asosiy adabiy tilidan biri. Genetik va tuzilish jihatidan hindiy tiliga oʻxshaydi. Hindevropa tillari oilasining hindoriy tillari guruhiga mansub. Pokistonda, asosan, yirik shaharlar (Karochi, Ravalpindi, Lohur, Islomobod va b.), Hindistonda esa UttarPradesh, Bihar, Maharashtra, AndhraPradesh shtatlaridagi musulmon aholi gaplashadi. Soʻzlashuvchilar soni Hindistonda 30 mln. dan ortiq, Pokistonda 20 mln. ga yaqin kishi (20-a. ning 90-y. lari). Dehli atrofidagi khari boʻli deb ataladigan lahjalar asosida tashkil topgan. Shular asosida 13—14-a. lardamillatlararo ogʻzaki muomala tili — hindistoniy (hindaviy) shakllangan. Mazkur tilning Dakan (Jan. Hindiston) dagi shakli dakhiniy («janubiy») deb nom olgan. Hindistoniyning avval rexta, keyinchalik Urdu deb atalgan adabiy shakliga, uning leksikasiga fors tili kuchli taʼsir oʻtkazgan. Hoz. Urdu 19-a. boshlarida asosan shakllanib boʻlgan. U hindiy tilitsan alifbosi va leksikasi b-n farq qiladi. Urdu bir qancha yangi belgilar qoʻshilgan arab alifbosiga asoslangan yozuvdan foydalanadi. 1947-y. dan keyin Urdu ikkala davlatda turli sharoitlarda rivojlandi. Shu sababli Pokiston urdusida leksikaning boyish manbai, asosan, arab va fors tillari boʻlsa, Hindiston urdusida hindiy (sanskrit) tilidir. Urdu bilan hindiy orasida ayrim fonetik va grammatik farklar ham bor. Hindistonda Urduning hindiy tili bilan yaqinlashish alomatlari koʻrinmokda. A. Ibrohimovning «Urduchaoʻzbekcha mushtarak soʻzlar lugʻat»i (1998) Toshkentda, T. Xolmirzayevning «Urduchaoʻzbekcha lugʻat»i (2003) Islomobodda nashr etilgan.

Ad.: Dыmщis 3. M ., Grammatika yazыkaurdu, M., 2001; Davidova A. A., Uchebnik yazыka urdu, M., 2003; Shamatov A. N., Klassicheskiy dakxini (Yujnыy xindustani 17 v.), M., 1974.


Lotin alifbosida maqola: URDU haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HINDISTON
POKISTON
XITOY
TOSHKENT
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты