TERRAKOTA

TERRAKOTA (ital. terra — yer, tuproq, cotta — qizdirilgan) — tor maʼnoda — loydan ishlanib xumdonda pishirilgan sirlanmagan va rang berilmagan mayda haykalchalar; keng maʼnoda — loydan tayyorlanib, maxsus xumdonlarda qizdirilgan badiiy va amaliy ahamiyatga ega sirlangan sopol buyumlar (idishlar, koʻza, haykalcha, oʻyinchoq, koshinvab.). Qizdirilgandan soʻng oʻziga xos tus (sargish, qizgʻishjigarrang, qora) va sirt (faktura)ga ega boʻladi. Terrakota neolit davridan maʼlum boʻlgan. Mayda xaykaltaroshlik asarlari, haykal shakllari, sarkofaglar, Yunoniston, Qad. Xitoy, Hindiston, Amerika haykallari, meʼmoriy qismlar, Oʻrta Osiyoning oʻrta asrlar meʼmorligidagi oʻyma T. bezaklari, Italiya ning relyefli meʼmoriy qismlari, Uygʻonish davri portret byustlari va b. badiiy Terrakotaning muhim yodgorliklaridir. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston hududidan koʻplab nodir Terrakota namunalari topilgan. Zamonaviy haykaltaroshlikda Terrakota mayda shaklli haykallar va b. da ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: TERRAKOTA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HAYKALTAROSHLIK
ITALIYA
YER
YUNONISTON
AMALIY SANʼAT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты