URUGʻCHILIK XOʻJALIGI

URUGʻCHILIK XOʻJALIGI — rayonlashtirilgan ekinlarning yuqori sifatli navdor urugʻlarini yetishtiradigan va viloyatlar yoki zonalar xoʻjaliklarini urugʻlik bilan taʼminlaydigan maxsus xoʻjaliklar va i. t. muassasalarining tajriba xoʻjaliklari. Yangi nav urugʻini dastlabki koʻraytirish elita xoʻjaliklari va r-nlashtirilgan navlar urugʻini yetishtiruvchi xoʻjaliklarga boʻlinadi. Urugʻchilik xoʻjaligi navli urugʻlarni i. t. intlaridan olingan elita yoki superelita urugʻlardan koʻpaytiradi va xoʻjaliklarga I va keyingi reproduksiya urugʻlari yetkazib beradi. Mas, Oʻzbekistonda paxtachilik sohasida 80 ga yaqin, shu jumladan, Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi i. t. intida yaratilgan navlar boʻyicha 41 ta elita xoʻjaliklarida 1 va keyingi reproduksiyali urugʻlar koʻpaytiriladi (2001). Har bir elita Urugʻchilik xoʻjaligi 40—50 ming ga, yirik xoʻjaliklar esa 100—200 ming ga paxta maydonini 1 reproduksiyali urugʻlar bilan taʼminlaydi.


Lotin alifbosida maqola: URUGʻCHILIK XOʻJALIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



URUGʻCHILIK
GʻOʻZA SELEKSIYASI VA URUGʻCHILIGI INSTITUTI
SELEKSIYA
TOSHKENT
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты