TILLAKOʻZLAR

TILLAKOʻZLAR (Chrysopidae) toʻrtqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Koʻzi boʻrtib chiqqan, tillasimon yaltiraydi (nomi ham shundan), moʻylovlari ingichka, uzun, qanoti yoyilganda 4 sm gacha. Tuxumini oʻsimlikning bargi va poyalariga qoʻyadi. Yer sharining Yangi Zelandiyadan boshqa hamma qismida uchraydi. Xarakterli vakili — oddiy tillakoʻzning tanasi 1 sm gacha, yashil tusda. Lichinkalari yirtqich, har xil oʻsimliklar orasida yashab, shira biti, koksidlar, tripslar va kanalarning yosh lichinkalari hamda hasharotlarning tuxumi bilan oziqlanadi. Tillakoʻzlardan oʻsimliklar zararkunandalariga qarshi biologik kurash usulida foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: TILLAKOʻZLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
XX asr boshida Turkiston...


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты