TIREOTROP GORMON, TTG

TIREOTROP GORMON, TTG, tirotropin, tireostimullovchi gormon — odam va umurtqali hayvonlar gipofiz bezining oldingi boʻlagida ishlanadigan gormon. Qalqonsimon bez faoliyatini boshqaradi; uning asosiy gormonlari — tiroksin va triyodtironin ajralishi hamda sinteziga taʼsir etadi. Kimyoviy tabiatiga koʻra, glikoproteid, mol. m. 28000—30000. T. g. qalqonsimon bez follikulalarida tireoglobulin parchalanishini hamda krnga tiroksin va triyodtironin ajralishini kuchaytiradi. Follikulyar hujayralar koʻpayishiga, yod yutilishi va tiroksin sinteziga taʼsir etadi. Tireotrop gormon, ttg sintezi va sekretsiyasini markaziy nerv sistemasi xamda gipotalamus boshqaradi. Qonda tireoid gormonlar miqdori oshganda Tireotrop gormon, ttg sekretsiyasi tormozlanadi, natijada tiroksin va triyodtironin kam ajraladi. Adrenalin va kortikosteroidlar T. g. sekretsiyasini kamaytiradi.


Lotin alifbosida maqola: TIREOTROP GORMON, TTG haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GORMONLAR
NERV SISTEMASI
VEGETATIV NERV SISTEMASI
TIROKSIN
MARKAZII NERV SISTEMASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты