TIROKSIN

TIROKSIN, 3,5,3ʻ,5tetrayodtirozin — odam va hayvonlarning asosiy tireoid gormoni. Qalqonsimon bez follikulalarida ishlanadi. Tirozin hosilasi. Tiroksin suvda va quruqlikda yashovchilar hamda baʼzi suyakli baliqlar (mas., kambala)da metamorfozni, issiq qonli hayvonlar va odamda moddalar almashinuvini, issiklik ishlab chiqarilishi, toʻqimalarning oʻsishi va yangilanishini kuchaytiradi. Tiroksin sintezi va sekretsiyasini gipofizning tireotrop gormoni (TTG) boshqaradi. Qonda Tiroksin miqdori koʻpaysa, ajraladi. Tiroksin konsentratsiyasi kamayganda tiklanadi. Tiroksinning ajralishiga tashqi muhit omillari (tra va stress), ovqat (yod) va b. ichki sekretsiya bezlari taʼsir etadi. Tiroksin muvozanati buzilishi turli kasalliklar (gipertireoz, gipotireoz, buqoq, kretinizm, miksedema)t olib keladi.


Lotin alifbosida maqola: TIROKSIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TIREOTROP GORMON, TTG
YER
ICHKI SEKRETSIYA
QALQONSIMON BEZ
SUVDA VA QURUQLIQDA YASHOVCHILAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты