VAL

VAL (nem. Walre) — boʻylama oʻqi boʻyicha burovchi moment uzatuvchi va aylanuvchi detallarni tutib turuvchi mashina detali. Barcha mexanizm va mashinalarning asosiy detali hisoblanadi. Baʼzi Vallar (mas., kardan, elastik, torsion) aylanuvchi detallarni tutib turmaydi. Oddiy toʻgri Vallar aylanuvchi jism shakliga ega buladi. Vazifasiga koʻra, Vallar tishli gʻildirak, shkiv, yulduzchalar oʻrnatilgan uzatish Val lariga; konstruksiyasiga koʻra toʻgʻri, tirsakli, elastik, oʻzak va b. ga boʻlinadi. Vallar yaxlit, ichi kovak hamda shlitsali qilib yasaladi, uglerodli va legirlangan poʻlatdan, duralyuminiy qotishmasi hamda yuqori sifatli choʻyanlardan tayyorlanadi.


Lotin alifbosida maqola: VAL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TISHLI GʻILDIRAK
TIRSAKLI VAL
TISHLI UZATMA
GʻILDIRAK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты