VALENSIYA

VALENSIYA — Venesuela shim. dagi shahar. Valensiya koʻli sohilida joylashgan. Karabobo shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 903 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Avtomobil yoʻllari tuguni, t. y. orqali Karib dengizi va Karakas sh. bilan bogʻlangan. Mamlakatning q. x. rayoni markazlaridan biri. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, koʻn poyabzal, neft kimyosi sanoati, sellyulozaqogʻoz, yogʻochsozlik korxonalari, avtomobil, sement, shina va mebel z-dlari bor. V. ga 1555-y. da asos solingan. Shahar ikki marta (1812 va 1830-y. larda) mamlakat poytaxti boʻlib turgan. 19-a. meʼmoriy yodgorliklari: ispanlar davrida qurilgan sobor, teatr saqlangan. Un-t bor.


Lotin alifbosida maqola: VALENSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
HINDISTON
ITALIYA
MEBEL SANOATI
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты