TOJIBOYEV Mahmudjon Gʻoziyevich

TOJIBOYEV Mahmudjon Gʻoziyevich (1957.25.11, Quva tumani) — xonanda va sozanda (tanbur, sato), Oʻzbekiston xalq hofizi (2000). Nozik didli, dardli, keng diapazonli ovoz sohibi. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1984). Qoʻshiq aytishni dastlab E. Mamatov, Gʻ. Hojiqulovdan, keyinchalik xrfizlik anʼanalarini O. Otaxonov, O. Alimahsumov, O. Hotamov va F. Mamadaliyevdan oʻzlashtirgan, sozandalik sirlarini T. Alimatovdan oʻrgangan. Yu. Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli yakkaxoni (1984-y. dan), Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti (2000-y. dan). Repertuaridan Shashmaqom («Saraxbori Navo», «Saraxbori Dugoh», «Moʻgʻulchai Segoh», «Navroʻzi Sabo», «Nimchoʻponiy» va b.) va Fargʻona—Toshkent maqom yoʻllari («Dugoh», «Chorgoh», «Ushshoq», «Shahnozi Gulyor», «Bayot» va b.), katta ashula («Yovvoyi Chorgoh», «Yolgʻiz», «Ey dilbari jononim» kabi), mumtoz («Topmadim», «Asiriy» va «Ldoiy», «Chorzarb», «Bozurgoniy») va 20-a. bastakorlari («Keldik», «Nazzora qil», K. Jabborov; «Kezarman», F. Toshmatov; «Jonim erursan», M. Murtazoyev; «Dilrabolar», O. Nuriddinov; «Bu oqshom», O. Hotamov va b.) asarlari urin olgan. Tojiboyev shoirnafas hofiz boʻlib, ijro uslubi vazminligi, lirikaga moyilligi, ovoz va cholgʻu mutanosibligi bilan ajralib turadi. Osiyo, Amerika, Yevropa va Shim. Afrika mamlakatlarida gastrodda boʻlgan. Yunus Rajabiy nomidagi Respublika makom ijrochilari tanlovi gʻolibi (1987).


Lotin alifbosida maqola: TOJIBOYEV Mahmudjon Gʻoziyevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



RAJABIYLAR
SHASHMAQOM
TOSHKENT
MAQOM ANSAMBLI
FARGʻONA-TOSHKENT MAQOM YOʻLLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты