TOLIB MAXSUM MADRASASI

TOLIB MAXSUM MADRASASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik. Xiva xonining mirzosi Tolib Mahsum mablagʻiga qurilgan (1910). Ustalardan Xudoybergan hoji va Qalandar Kochum qatnashgan. Madrasa toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (18,8×16,55 m), atrofida 1 kavatli hujralar joylashgan. Peshtoq sharafasiga silliklangan gʻishtlar 2 qator qilib terilgan, dandanasi yashil rangli koshin bilan bezatilgan. Bosh tarzidagi gumbazli miyonsaroy (darvozaxona) orqali hovliga oʻtiladi. Darsxona va mayejid miyonsaroyning 2 yonida joylashgan. Hovli (10,75×8,0 m) burchaklaridagi xonalarga eshik ochilmagan. Atrofidagi hujralar tomi balxi gumbazli, ularning oldini uncha chuqur boʻlmagan ravoklar egallagan. Hujralarga ravoqpardagi eshiklar orqali kiriladi. Madrasaning darsxonasi oʻrniga chorsi xona (shim. gʻarbiy burchagiga) qurilgan. 1977-y. da taʼmirlangan.


Lotin alifbosida maqola: TOLIB MAXSUM MADRASASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XX asr boshida Turkiston...
TOSHKENT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
MADRASA
XORAZM VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты