TOLMEN

TOLMEN (Tolman) Eduard Cheys (1886—1959) — amerikalik psixolog, neobixeviorizm nazariyotchisi. Bixeviorizm, geshtaloʻppsixologiya va freydizm gʻoyalarini birlashtirib, yangi ilmiy tizimni ishlab chiqqan. Bixeviorizm asoschisi J. Uotsonning gʻoyasiga qaramaqarshi oʻlaroq, u hayvonlarning ham, insonlarning ham xulqi «stimul — reaksiya» tipidagi birliklardan iborat tuzilishga emas, balki yaxlit xattiharakatlar tizimiga ega, deb hisoblaydi. Ushbu tizim oʻz ichiga motiv, maqsad, ashyolar xususiyatlari va ularning tuzilmaviy munosabatlarini farqlash, faraz ishlab chiqish va uni tekshirish kabilarni qamrab oladi. Tolmen mazkur ichki ruhiy holatlarni «oraliq oʻzgaruvchanlik» tushunchasiga birlashtirgan. Ijobiy oʻzgaruvchan reaksiYalarni Tolmen psixologik emas, balki jismoniy reaksiyalar deb baholaydi. Asosiy asari «Hayvonlar va odamlarda maqsadga yoʻnaltirilgan xattiharakat» (1932).


Lotin alifbosida maqola: TOLMEN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BIXEVIORIZM
YER
OʻZGARUVCHANLIK
KIMYO
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты