TOLMOZOR ADIRI

TOLMOZOR ADIRI — Fargʻona botigʻining jan. qismidagi adir (Fargʻona viloyati hududida). Shim. da Aravon — Shahrixon daryolari yoyilma konuslari, jan. da Yormozor adirorti botigʻi bilan chegaralangan. Gʻarbda Qopchigʻay, sharqda Polvontosh adirlari bilan tutashib ketadi. Eng baland joyi 712 m. Shim. yon bagʻri uzun va qiyaroq, jan. yon bagʻri qisqa, tikroq. Yon bagʻirlari koʻplab quruq soylar va jarliklar bilan kesilgan. Tektonik jihatdan braxiantiklinal struktura. Paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr konglomerat, gil, qumtosh, mergel, shagʻal toshlaridan tashkil topgan. Ular baʼzi joylarda lyoss jinslari bilan krplangan. Adir yangi tektonik harakatlar taʼsirida koʻtarilgan. Iklimi kontinental, yozi issiq. Yillik yogʻin 200—300 mm. Tuprogʻi boʻz tuproq. Rang, qoʻngʻirbosh, shaytonkovush va b. oʻsimliklar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan kalamush, qoʻshoyoq, boʻrsiq, jayra, tulki, ilonlar, kaltakesaklar va b. uchraydi. Adir hududi yaylov sifatida foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: TOLMOZOR ADIRI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QOPCHIGʻAY ADIRI
OLAMUSHUK ADIRI
YER
TYANOʻPAN
CHIMYON ADIRI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты