TOMSON

TOMSON (Thomson) lord Kelvin Uilyam (1824.26.6, Belfast — 1907.17.12, Largs, Glazgo yaqinida; Vestminstr abbatligida dafn etilgan) — ingliz fizigi, termodinamika va gazlar kinetjasi nazariyasi asoschilaridan biri. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1851-y. dan) va prezidenti (1890—95). Kembrij untini tugatgan (1845). Ilmiy xizmatlari uchun unga 1892-y. da lord Kelvin (Kelvin) unvoni berilgan. Ilmiy ishlari fizika, mat. va texnikaning turli sohalariga oid. U tasvir olishning elektr usulini ishlab chiqqan (1845). Fizikaga mutlaq t-ra va uning nomi — Kelvin shkalasi nomi bilan ataluvchi termodinamik temperatura shkalasi tushunchalarini kiritgan (1848), R. Klauziussgm mustaqil ravishda termodinamikaning ikkinchi qonunini taʼriflagan (1851) va energiyaning sochilishi iborasini fanga kiritgan. Koinotning «issiklik halokati» gipotezasini aytgan. Termoelektr hodisalarnint termodinamik nazariyasini yaratgan, J. P. Joul bilan birga Joul — Tomson effektini (1853—54), Tomson effektink kashf etgan (1856). 1870-y. da toʻyingan bugʻ elastikligining suyuklik sirti shakliga bogʻliqligini aniklagan. Tomsonning ilmiy ishlari, shuningdek, gidrodinamika, astrofizika, geofizikaning turli masalalariga oid. Ideal suyuqdikda sirkulyatsiyaning saklanish qonunini yaratib, uyurmali harakat nazariyasiga asos solgan.

Tomson koʻpgina kashfiyotlar qilgan: kvadrant va mutlaq elektrometrlar hamda dengiz asboblarini yaratgan; magnit kompasi, koʻzgu galvanometri va b. asboblarni mukammallashtirgan. Transatlantik kabel orkali telegraf alokani uzatishni amalga oshirish qatnashchisi.


Lotin alifbosida maqola: TOMSON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FIZIKA
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
BUYUK BRITANIYA
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
ELEKTR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты