TOXAR TILLARI

TOXAR TILLARI — hindevropa tillari oilasiga mansub qarindosh oʻlik tillar guruhi; «tohar A» va «toxar B» deb ataluvchi tillarni oʻz ichiga oladi (baʼzi adabiyotlarda ular «sharkiy toxar» va «gʻarbiy toxar» tillari yoki yozma manbalar topilgan joyga nisbatan «qarashar tili» va «kucha tili» deb ham ataladi). «Toxar tillari» shartli atama boʻlib, u 1907-y. nemis olimi F. Myuller tomonidan fanga kiritilgan. Uning shartliligi shundaki, Toxar tillarida soʻzlashuvchilar oʻz davrida qanday atalganligi nomaʼlum hamda ularning mil. av. toxarlar (Toxariston xalqi)ga aloqasi yoʻq. Shu bilan birga, Toxar tillarining qad. turkiy til va sharqiy eroniy tillar bilan yaqin aloqada boʻlganligini koʻrsatuvchi dalillar ham bor.

Toxar tillarida (har ikkalasida) yozilgan matnlar 5—8-a. larga mansub boʻlib, ular 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida Sharqiy Turkiston (XXR ning Sinszyan viloyati)ning Kucha sh., Turfon va Karashar voxdlaridan topilgan. Matnlar yaratilgan davrda toxar A tili turkiyzabon xalklar hamda toxar B tilida soʻzlashuvchi xalq oʻrtasida keng isteʼmolda boʻlmagan, faqat buddaviylik ibodatlari oʻtkaziladigan yozma adabiy til xisoblangan. Toxar A tilining Turfon va Qarashar vohalaridan topilgan matnlariga toxar B tilida, shuningdek, qad. turkiyuygʻur tilida yozilgan tushuntirish belgilari shundan dalolat beradi. Toxar B tilidagi matnlar ham Sinszyanning turli hududlaridan — Kucha shaxridan, toxar A matnlari uchragan sharqiy viloyatlardan topilgan. Toxar B tilidagi ayrim qoʻlyozmalar oʻrtasida dialektal tafovutlarning mavjudligi ushbu tilning qoʻlyozmalar yaratilgan davrgacha ham keng isteʼmolda boʻlganligini koʻrsatadi.

Toxar tillari fonetik tizimi bir kancha undosh fonemalarning kattiklikyumshoklik ziddiyatida boʻlishi, urgʻusiz unlilarning reduksiyaga uchrashi bilan tavsiflanadi. Morfologiyasida otlarning 3 grammatik jins kategoriyasiga, 3 xil son — birlik, ikkilik, koʻplik sonlarga egaligi, 9 kelishik bilan oʻzgarishi, feʼllarning 3 shaxs, 3 xil son, 3 zamon va 4 mayl shakllariga ega boʻlishi kuzatiladi. A va B T. t. tilning har bir sathida oʻzaro oʻxshashliklar bilan bir qatorda muayyan tafovutlarga ham ega boʻlgan.

Toxar tillarining yozma yodgorliklari qad. hind yozuvi brahmining Markaziy Osiyoda tarqalgan alohida (qiya) shaklida bitilgan. Dastlabki yodgorlik 1892-y. Rossiyada S. F. Oldenburg tomonidan nashr etilgan. Keyinchalik (19-a. boshidan 50y. larigacha) nemis olimlari E. Zig va V. Zigling toxar matnlarini atroflicha oʻrganib, bu tillarning hindevropa tillariga mansubligini koʻrsatib berdilar, yozma yodgorliklar toʻplamlarini nashr etdilar.

Anvar Ismoilov, Abduvahob Madvaliyev.


Lotin alifbosida maqola: TOXAR TILLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
HIND-YEVROPA TILLARI
TOSHKENT
JAHON TILLARI
ERONIY TILLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты