TOSHKENT ZILZILASI — Toshkent sh. seysmik jihatdan faol zona (8—9 balli seysmik rn)da joylashgan.. 1866—68 y. lar va 1966-y. dagi zilzilalar kuchli zilzilalar sirasiga kiradi. 1866-y. 26 apr. dan 27 apr. ga oʻtar kechasi sodir boʻlgan zilzila oqibatida mozor va jome masjidlarining gumbazlari, jumladan, Xoja Ahror jome masjidi gumbazi, aholi yashaydigan imoratlar qulab, koʻplab qurbonlar boʻlgan. Bu haqda 19-a. da yashagan toshkentlik tarixchi Muhammad Solih «Tarixi jadidai Toshkand» asarida hikoya qilgan. Undan tashqari, Toshkentda 1868-y. ning 4 fevral va 4-aprel, 1886-y. ning 29-noyabr, 1924-y. ning 7-iyun, 1946-y. ning 3 noyabr kunlarida 7 va 8 balli zilzilalar boʻlgan. Bu zilzila oʻchoklari Toshkentdan tashqarida joylashgan boʻlib, kuchi 8—9 ballga yetgan. 1966-y. 26 apr. soat 5 dan 22 min. oʻtganda Toshkentda kuchli zilzila sodir buldi. Zilzila oʻchogʻining chuq. 8—10 km boʻlib, energiyasi 10y joulga teng, epitsentrda (sobiq Qashqar mahallasi va Labzak oʻrnida) vertikal zarblar kuchli bulib, silkinish 8 ball, Rixter shkalasi boʻyicha magnitudasi 5,3, maksimal vayronalik maydoni — 10 km2 ga yetdi. Bu maydon shim. gʻarbdan jan. sharqqa choʻzilgan. Zilzilaga sabab boʻlgan Qorjontov tektonik darzligi shu yoʻnalishda 8 — 10 km chuqurlikni qamraydi. Bu zilzilani yer yuzidagi 100 dan ortiq seysmik styalar qayd qiddi. Birinchi kuchli zarbadan soʻng silkinishlar soni 500 dan ortgan, ulardan bir nechtasining kuchi 7 ballga yaqinlashgan. Ayniqsa, 1966-y. ning 7, 9, 24-may, 4-iyun, 29 iyul kunlari sodir boʻlgan tebranishlar uyjoylarni vayron qilgan. Asosiy tebranish 1966—68 y. lar mobaynida yuz berib turgan bir kancha aftershoklar bilan davom etdi. Zilzilaning kaytalab turishi 2000 dan ortiq boʻlganligini Markaziy seysmik stya qayd qilgan. Toshkent sh. geologik jihatdan Tyanshan togʻ tizmasi gʻarbidagi Toshkent — Mirzachoʻl togʻ oldi choʻkmasiga joylashgan. Toshkent zilzilasi tektonik xarakterga ega. Zilzila oʻchogʻi paleozoy, mezozoykaynozoy togʻ jinslari yondashgan zonada joylashgan. 1957-y. dan boshlab, Toshkent mineral issiq suvlari (1300 — 1400 m chuqurlikda) tarkibidagi radon gazi mikdori orta bordi. 1965-y. ning oʻrtalarida 2 barobar koʻpaydi va Toshkent zilzilasi gacha shu miqdor saklandi. Zilzila roʻy bergach, radon mikdori dastlabki holatga qaytdi. Demak, 1965-y. oʻrtalarida chuqurlikdagi togʻ jinslarining zichlashish jarayoni toʻxtab, deformatsiya boshlangan. Bunda zilzila oʻchogʻidagi togʻ jinslarining hajmi oʻzgargan, soʻngra jinslar massasining uzilishiga olib kelgan. Radon zilzila darakchisi ekanligi isbotlandi. Zilzila natijasida 2 mln. m2 dan ortiq turar joy, 236 maʼmuriy bino, 700 ga yaqin savdo va umumiy ovqatlanish joylari, 26 kommunal xoʻjalik korxonasi, qariyb 180 oʻquv yurti, shu jumladan, 8 ming oʻrinli maktab, 36 madaniy maishiy muassasa, 185 tibbiy va 245 sanoat korxonasi binolari zarar koʻrdi. 78 ming oila, 300 ming kishi boshpanasiz qoldi, 8 kishi halok boʻlib, 150 ga yaqin kishi jarohatlangan. Zilziladan zarar koʻrgan Toshkentga qoʻshni respublikalardan gʻamxoʻrlik koʻrsatdilar. Boshpanasiz qolganlarni joylashtirish, sanoat va savdo korxonalari ishini qayta tashkil etish va b. tadbirlar belgilandi. Zilzila oqibatida vayron boʻlgan uyjoylar oʻrnida zilzilabardosh yangi binolar qad koʻtardi. Qisqa vaqt ichida shahar qiyofasi oʻzgardi. Toshkent goʻzal, zamonaviy shaharga aylandi. Toshkent zilzilasini sinchiklab oʻrganish natijasida bu joylarda bir qancha seysmogen zonalar aniklangan va ularning xaritasi tuzilgan. Keyingi paytlarda shu zonalarda bir qancha kuchli zilzilalar sodir boʻlgan. 1977-y. Yangiyoʻl yaqinida, 1977-y. Tovoqsoyda, 1980-y. Nazarbekdagi zilzilalar shular jumlasidandir. Toshkent zilzilasi Oʻrta Osiyoda seysmologiya fanining rivojlanishiga sabab boʻldi. Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻizistonda seysmologiya ilmiy tadqiqot intlari ochildi. Oʻzbekiston FA qoshidagi Seysmologiya institutoʻ xodimlari zilzilani oldindan aytib berish, uning sabab va oqibatlarini oʻrganish boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.
Ad.: Tashkentskoye zemletryaseniye 26-aprelya 1966g. T., 1971,Ibragimov R. N ., Seysmogennыye zonы Srednego Tyanshanya, Toshkent zilzilasi, 1978.
Rashod Ibrohimov.