VENA DAVLAT OPERASI

VENA DAVLAT OPERASI (Wiener Staatsoper) — Yevropadagi yetakchi opera teatrlaridan. Avstriya musiqa madaniyatining yirik markazi. 1918-y. dan hoz. nomda. 17-a. ning oʻrtasida saroy operasi sifatida tashkil toptan. 18-a. ning ikkinchi yarmida Vena davlat operasi zaminida milliy opera uslubi shakllangan. 19-a. da mazkur teatrda nemis, avstriya, italyan va fransuz komlozitorlari (L. Betxoven, K. Veber, J. Rossini, J. Verdi, R. Vagner, Sh. Guno va b.) asarlari sahnalashtirilgan, 20-a. da mumtoz operalar bilan birga zamonaviy kompozitorlar asarlari qoʻyildi (K. Orf, P. Xindemit, F. Pulenk, I. Stravinskiy va b.). V. d. o. da Avstriya va Yevropa mamlakatlari yetakchi xonandalari, dunyoga mashhur dirijyorlar (B. Valter, O. Klemperer, V. Furtvengler, L. Bernstayn, G. Karayan va b.) faoliyat koʻrsatgan. Hoz. binosi 1869-y. da qurilgan.


Lotin alifbosida maqola: VENA DAVLAT OPERASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
ITALIYA
AVSTRIYA
GERMANIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты