VENA TOʻGARAGI

VENA TOʻGARAGI — falsafiy toʻgarak, mantiqiy pozitivizm asoslarini ishlab chiqqan. 1922-y. Vena sh. da vujudga kelgan. Asoschilari — M. Shlik, O. Neyrat, F. Kaufman, K. Gyodel va b. 1926-y. dan — R. Karnap. V. t. ning falsafiy konsepsiyasi E. Max, L. Vitgenshteyn, B. Rassel hamda oʻtmishdagi falsafaning empirik va ratsionalistik, panlogistik anʼanalari taʼsirida shakllandi va subyektiv idealizmning koʻrinishi sifatida namoyon boʻldi. Vena toʻgaragi falsafiy muammolarni formal mantiq bilan bogʻlashga, fan tilini mantiqiy tahlil qilishga urindi. Matematik mantiq apparati tahlil qilish vositasi sifatida taklif etildi. Tadqiqot uslubi sifatida Vena toʻgaragi olgʻa surgan mantiqiy empirizm empirizmni ratsionalizm bilan birlashtirishga urinish edi. Vena toʻgaragi 1939-y. gacha faoliyat koʻrsatdi.


Lotin alifbosida maqola: VENA TOʻGARAGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
MATEMATIKA
FRANSIYA
MANTIQ
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты