TRANSFORMATOR

TRANSFORMATOR (lot. transformo — oʻzgartiraman) — texnikada — energiya yoki obyektlarning biron bir muhim xossasi (mas., tok kuchi, kuchlanish va b.)ni oʻzgartirish uchun moʻljallangan qurilma. Elektr T., gidrotransformator, fototransformator, OʻYUCh (oʻta yuqori chastota) T. i va b. xillargaboʻlinadi. Elektr Transformator oʻzgaruvchan tok kuchlanishini oʻzgartirish (kuchaytirish yoki pasaytirish) uchun moʻljallanadi. Uning ishi elektromagnit induksiya hodisasiga asoslanadi. U bitta birlamchi chulgam, bitta yoki bir necha koʻp ikkilamchi chulgʻam va asosan berk tipdagi ferromagnit oʻzak (magnit oʻtkazgich) dan iborat. Barcha chulgʻamlar ferromagnit oʻzakka oʻraladi va birbiriga induktiv bogʻlangan boʻladi. Birlamchi chulgam uchlari (T. kirishi) oʻzgaruvchan tok kuchlanish manbaiga, ikkilamchi chulgam (yoki chulgʻamlar) uchlari (T. chiqishi) isteʼmolchilarga ulanadi. Elektr Transformatorni birinchi marta P. N. Yablochkov 1876-y. elektr yoritish tarmogida ishlatgan. M. O. DolivoDobrovolskiy 1890-y. uch fazali elektr Transformatorni yaratgan. Keyinchalik boshqa olim va ixtirochilar Transformatorni takomillashtirish, quvvati va f. i. k. ni oshirish, izolyatsiyani yaxshilash, ixchamlashtirish va b. ga doyr ishlar olib borishgan.

Elektr Transformatorning eng keng tarqalgan turi kuch T. laridir. Ular elektr uzatish liniyalari (EUL)ga oʻrnatiladi. Bunday Transformatorlar elektr styalarning generatorlari ishlab chiqargan tok kuchlanishini 10— 15 kV dan 220—750 kV gacha kuchaytirib beradi. Transformator larning chulgʻamlari misdan, magnit oʻtkazgichlari sovuklayin prokatlab ishlab chiqarilgan elektrotexnika poʻlatidan tayyorlanadi. Elektr Transformatorning quruq va moyli turlari bor. Quruq Transformator havoda moysiz sovitiladi. Moyli Transformatorning magnit oʻtkazgichi va chulgʻamlari mineral moy toʻldirilgan bakka joylashtiriladi. Moy izolyatsiya va sovituvchi vazifasini oʻtaydi.

Kuch Transformator laridan tashqari oʻlchash Transformatori, kuchlanish Transformatori, tok Transformatori, impulyeli Transformator, radiochastotali Transformator kabi Transformatorlar ham mavjud.

Oʻzgaruvchan tok tarmogʻida kuchlanishni kuchaytirish yoki pasaytirish hamda elektr energiyani isteʼmolchilarga taqsimlash uchun moʻljallangan majmua kichik Transformator styasi (podstansiyasi) deb ataladi. Unda kuch Transformatori, taqsimlash qurilmalari, avtomatik boshqarish va himoya qurilmasi, qoʻshimcha inshootlar boʻladi. Yuqori quvvatli baʼzi pasaytirish Transformator podstansiyalarida kuchli, lab. da uyroʻzgʻorda ixcham avtotransformatorlar ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: TRANSFORMATOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
FIZIKA
MAGNETIZM
MAGNIT KALLAK
ELEKTR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты