TRENAJYOR

TRENAJYOR (ing. train — oʻrgatish, mashq qildirish) — mashina yoki mexanizmlarni boshqarish texnikasi mahoratini oʻrganish va takomillashtirish uchun oʻquvmashq qurilmasi. Trenajyor turli kasb ishchilariga kasbga oid bilim berishda, uchuvchi va kosmonavtlarni tayyorlashda, qurolli kuchlarning shaxsiy tarkibining jangovar tayyorgarlik koʻrishida va b. da foydalaniladi. Trenajyorning sodda va murakkab xillari bor. Sodda Trenajyorda ish mahorati va faoliyatining ayrim elementlari oʻzlashtiriladi. Murakkab Trenajyorda kompleks harakatlar oʻrganiladi. Kosmonavtlar uchun yerdagi va kema bortidagi Trenajyordan foydalaniladi. Mas., kosmik kemalarni tutashtirish, kosmik kemalarni yerga qoʻndirishda ularni boshqarish, turli bort tizimlarining ishlashini nazorat qilish boʻyicha operatsiyalarni oʻzlashtirish uchun yerdagi Trenajyor da; kosmonavtlarning bir kosmik kemadan boshqasiga oʻtishni mashq qilishlarida samolyot fyuzelyajiga oʻrnatilgan bort Trenajyor da; kosmik uchishda kosmonavtlarning moʻljal olishi, navigatsiya hisoblashlari, kemani boshqarish mahrratlarini oʻrganishni oʻzlashtirish uchun kosmik kema bortidagi kichik gabaritli bort Trenajyordan oʻrganiladi.


Lotin alifbosida maqola: TRENAJYOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KOSMONAVTIKA
JANGOVAR TARTIB
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI
AVIATSIYA
HARBIY SANʼAT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты