VIBRATSION OʻZGARTIRGICH

VIBRATSION OʻZGARTIRGICH, titrama oʻzgartirgich — past kuchlanishli oʻzgarmas tokni elektr-mexanik vibrator yordamida yuqori kuchlanishli oʻzgarmas tokka aylantirib beradigan elektr apparat. Apparat oʻzgarmas tok manbai (mas., 2,5—24 V kuchlanishli elektr akkumulyator)ga ulanganda uning. elektr magniti yakor (poʻlat plastinka)ni titrashga majbur qiladi (nomi shundan). Shunda yakor qismasi (kontakti) tok manbaini navbatma-navbat transformator birlamchi chulgʻamining dam u yarmiga, dam bu yarmiga ulaydi, natijada ikkilamchi chulgʻamda bir xil ishorali pulslanuvchan yuqori kuchlanishli oʻzgarmas tok induksiyalanadi (vujudga keladi). Kuchlanishning pulslanuvchanligini elektr filtr bartaraf qiladi. Apparat chiqishida yuqori kuchlanishli oʻzgarmas tok hosil boʻladi. Vibratsion oʻzgartirgich avtomobil radiopriyomniklari, kichik uzatish-qabul qilish st-yalari va h. k. da ishlatiladi. Past kuchlanishli tok manbaida ishlaydigan tranzistor paydo boʻlganidan soʻng Vibratsion oʻzgartirgich kam qoʻllaniladigan boʻldi.


Lotin alifbosida maqola: VIBRATSION OʻZGARTIRGICH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты